Chimboyda bog‘dorchilik rivojlanmoqda
FOTOREPORTAJ
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumanida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, yer resurslaridan samarali foydalanish va aholi dasturxonini sifatli meva-sabzavot mahsulotlari bilan ta’minlash borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
“Baxtli” ovul fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “Arislanbay-Berdibay” fermer xo‘jaligi bog‘dorchilikka ixtisoslashgan bo‘lib, bu yerda yigirmadan ortiq navdagi uzum, olma va nok navlari parvarishlanadi.
[gallery-31092]
Fermer xo‘jaligining umumiy yer maydoni 9,40 gektardan iborat. Ayni paytda mazkur yer maydonining 1 gektarida uzumzor, 1 gektarida olmazor barpo etilgan. Shuningdek, qariyb 2 gektar maydonda yosh nok va o‘rik ko‘chatlarining sog‘lom o‘sishi va kelgusida yuqori hosil berishi uchun zarur agrotexnik tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Bundan tashqari, fermer xo‘jaligi a’zolari tomonidan bir necha gektar maydonda poliz va sabzavot ekinlari ham yetishtirilayotir. Mehnat va yerga bo‘lgan e’tibor samarasi o‘laroq, mazkur ekinlardan mo‘l va sifatli hosil olinib, ichki bozorga yetkazib berilmoqda.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA