Mamlakatimizda futbolni rivojlantirishga qaratilayotgan doimiy e’tibor samarasida mohir futbolchilarning yangi avlodi tarbiyalanmoqda. Bolalar va o‘smirlar futbol maktablari, ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar, olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari, futbol maktablari va akademiyalari faoliyatining zamon talablariga mos yo‘lga qo‘yilgani bunda muhim omil bo‘layotir.

Barchamizga ma’lumki, Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) shafeligida har ikki yilda bir marotaba o‘tkaziladigan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo kubogi katta sport ostonasida turgan yoshlar uchun mahorat va tajriba maktabi bo‘lish bilan birga, qit’amiz terma jamoalari uchun U17 yosh toifasidagi jahon chempionatiga yo‘llanma beradigan yagona musobaqa hamdir.  

Ana shunday nufuzli musobaqaning bu galgisi Saudiya Arabistonida tashkil etildi. Unda qit’amizning 16 jamoasi 4 guruhga bo‘lingan holda g‘oliblik va Qatarda o‘tadigan mundial yo‘llanmasi uchun kuch sinashdi. Quvonarlisi, ular orasida Islom Ismoilov boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etdi.

Mazkur kubok bahslarini U17 yosh toifasidagi O‘zbekiston terma jamoasi «A» guruhida boshladi. Ushbu guruhda dastlab Tailand termasini 4:1 hisobida taslim qilgan futbolchilarimiz ikkinchi turda Xitoyni 2:1 hisobida yengdi. Natijada futbolchilarimiz 6 ochko jamg‘argan holda muddatidan avval joriy yilning 3-27 noyarb kunlari Qatarda o‘tadigan Jahon chempionatiga yo‘llanmani naqd qildi. Shuningdek, guruh peshqadamligi uchun mezbon Saudiya Arabistoniga qarshi o‘yinda 3:0 hisobida g‘alabani qo‘lga kiritib, 9 ochko to‘pladi.  

O‘zgacha uslub, tezkor va yuqori texnika bilan ajralib turgan futbolchilarimiz chorak final uchrashuvida BAA terma jamoasini 3:1, yarim finalda KXDR termasini yirik - 3:0 hisobida yengdi.    

Qariyb bir oy davom etgan Osiyo kubogi bahslarining so‘nggi hal qiluvchi o‘yini Saudiya Arabistoni va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasida Toif shahridagi “Qirol Fahd” stadionida o‘tkazildi. Uchrashuvning dastlabki daqiqalarini har ikkala jamoa teng kurashlar bilan boshladi. Biroq, o‘yin bosh hakami qatarlik Muhammad Ahmad Al-Shammari 40-daqiqada  Nurbek Sarsenbayevni, so‘ngra 45-daqiqada Miraziz Abdukarimovni maydondan chetlatdi. Jamoamiz bo‘limni 9 kishi bo‘lib yakunladi.

Biroq, ikkinchi bo‘limda vakillarimiz iroda namoyish etdi va qarshi hujumlardan unumli foydalandi. Natijada 50-daqiqada Saudiya Arabistoni vakillari o‘z darvozalari oldida qoida buzdi. Bu vaziyatda yana bosh hakam katta sahnaga chiqdi hamda VAR’ qaroriga ko‘ra mezbonlar darvozasiga penalti belgiladi. Undan Muhammad Hakimov aniq foydalandi va jamoamizni 1:0 hisobida oldinga olib chiqdi. Barcha kutgandek bu goldan so‘ng yosh futbolchilarimiz himoyaviy o‘yin namoyish etmadi va oldinga borishda davom etdi.  

70-daqiqada darvozabon Ne’matulloh Rustamjonov tezkor qarshi hujumni boshladi, qanotdan oldinga tashlangan Sadriddin Hasanov raqiblarni aldab o‘tib, Saudiya Arabistoni posbonining oyoqlari orasidan gol urib, hisobni ikkitaga oshirdi. Shu tariqa O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.  

Shuningdek, musobaqa davomida o‘zining yorqin o‘yinlari bilan ajralib turgan Ne’matulloh Rustamjonov — Osiyo kubogining eng yaxshi darvozaboni, 5 ta gol urgan Asilbek Aliyev — eng yaxshi to‘purar, Sadriddin Hasanov — turnirning eng yaxshi futbolchisi deya e’tirof etildi.

Islomjon Ismoilov bosh murabbiylik qilayotgan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi qayd etgan natijalar mamlakatimizda mohir futbolchilarning yangi avlodi yetishib chiqayotganini ko‘rsatdi. Ularning ulkan muvaffaqiyatlari hamyurtlarimiz qalbini faxr-iftixorga to‘ldirdi.

Mamlakatimizda futbolning ommaviyligini yanada oshirish, istiqbolli va iqtidorli futbolchilarni tanlash hamda professional darajada tayyorlashning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish, trener va hakamlarni xalqaro talablar asosida tayyorlash va mahoratini yuksaltirish, futbol infratuzilmasini yaxshilash hamda o‘rnatilgan standartlarga moslashtirish maqsadida qabul qilingan Prezidentimizning 2023 yil 7 apreldagi “Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu muvaffaqiyatlarga zamin bo‘ldi.

Ha, so‘nggi yillarda dunyo yangi o‘zbek futbolining ulkan muvaffaqiyatlarini ko‘rmoqda va tan olmoqda. Osiyo chempioni bo‘lgan yosh futbolchilarimiz katta sport sari ilk zalvorli qadamini qo‘ydi. Kelajakda ularni yangi musobaqalar, jiddiy sinovlar kutmoqda. Xalqimiz esa o‘z farzandlariga yanada yuksak zafarlar tilaydi. Bugun mamlakatimizda yosh avlodning o‘z orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarishi uchun barcha imkoniyat va shart-sharoit mavjudligi bunga ishonch uyg‘otadi.

Endi qit’ada tengsiz bo‘lgan jamoamiz Qatar mezbonligida o‘tadigan mundialda ishtirok etadi. Umid qilamizki, o‘smirlarimiz ushbu chempionatda ham muvaffaqiyat qozonadi va yangi tarix yozadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chempionlik sari yo‘l - maqsad, harakat va iroda namoyishi