YEÇL: parijliklardan gollar yomğiri, mankunianlardan ğalabali kambek
Yevropa çempionlar ligasi umumiy bosqiçining 4-turidan örin olgan uçraşuvlarda bir qator qiziqarli natijalar qayd etildi. Turning eng yirik ğalabasi Parijning «PSJ» jamoasi tomonidan qayd etilgan bölsa, «Mançester Yunayted» ikki töp farqi bilan ortda borayotib, ğalabaga erişdi.
Turning markaziy bahslaridan birida «Barselona» öz maydonida Angliyaning «Aston Villa» jamoasini 3:0 hisobida mağlub etdi. «Kamp Nou» stadionida keçgan uçraşuvning 7-daqiqasida Lamin Yamal hisobni oçdi. Ikkinçi bölimda esa Rafinya 52 va 64-daqiqalarda raqib darvozasini ikki bor işğol qilib, dubl qayd etdi.
Şu tariqa, Hansi Flik şogirdlari oçkolari sonini 9 taga yetkazdi. «Aston Villa» ham 9 oçko bilan qoldi.

Myunxenning «Bavariya» jamoasi esa Madridda «Atletiko»ni 2:0 hisobida mağlub etdi. «Metropolitano» stadionida ötgan bahsning 54-daqiqasida Lennart Karl hisobni oçgan bölsa, 74-daqiqada Konrad Laymer Harri Keyn uzatmasidan keyin raqib darvozasini işğol etdi. Uşbu ğalabadan söng «Bavariya» oçkolari sonini 8 taga yetkazdi. «Atletiko»da esa 4 oçko bor.
Turning eng dramatik uçraşuvlaridan birida «Mançester Yunayted» öz maydonida «Roma»ni 3:2 hisobida mağlub etib, kambekni amalga oşirdi. «Old Trafford»da keçgan bahsning birinçi bölimida mehmonlar ustunlikka erişdi. Mattias Soule 11-daqiqada hisobni oçgan bölsa, Doniell Malen 17-daqiqada penaltidan foydalanib, rimliklarning ustunligini ikki töpga yetkazdi.
Biroq, ikkinçi bölimda mançesterliklar vaziyatni özgartirişga muvaffaq böldi. Brunu Fernandeş 58-daqiqada penaltini aniq amalga oşirdi. 83 va 86-daqiqalarda esa Mateus Kunya dubl qayd etib, jamoasiga ğalaba keltirdi. Qayd etiş joiz, braziliyalik futbolçi qöşimça vaqtda ikkinçi sariq kartoçkani olib, maydondan çetlatildi.
Şu tariqa, «Mançester Yunayted» oçkolari sonini 6 taga yetkazdi. «Roma» esa 4 oçko bilan qoldi.


Niderlandiyada keçgan «Feyenoord» — «Inter» bahsida mehmonlar 0:3 hisobida ğalaba qozondi. Uçraşuvda Yann Bişşek 8-daqiqada hisobni oçdi. 34-daqiqada Françesko Pio Espozito ustunlikni oşirdi. Ikkinçi bölimning 54-daqiqasida Pyotr Zelinski gol urib, öyinga nuqta qöydi. Natijada, «Inter» oçkolari sonini 6 taga yetkazdi. «Feyenoord»da esa 3 oçko bor.
Parijning «PSJ» jamoasi safarda Ispaniyaning «Vilyarreal» klubini 6:0 hisobida mağlub etib, turning eng yirik ğalabasini qayd etdi. «Estadio de la Seramika» stadionidagi uçraşuvda parijliklar dastlabki 17 daqiqa içidayoq raqib darvozasiga törtta gol urdi.
Joau Neveş 9-daqiqada hisobni oçdi. Dezire Due (12) va Senni Mayulu (13) oradan köp ötmay yana ikkita gol kiritdi. 17-daqiqada Fabian Ruis hisobni 4:0 körinişiga keltirdi. Ikkinçi bölimda ispaniyalik yarim himoyaçi dubl qayd etdi. 78-daqiqada David Boli yakuniy hisobni örnatdi.
Yirik ğalaba evaziga «PSJ» oçkolarini 12 taga yetkazgan holda musobaqa jadvalidagi peşqadamligini mustahkamladi. «Vilyarreal» esa 3 oçko bilan qoldi.

Avstriyaning «LASK» jamoasi ham öz maydonida Slovakiyaning «Slovan» klubini 4:0 hisobida mağlub etdi. Uçraşuvda Kasper Yorgensen 19 va 37-daqiqalarda dubl qayd etdi. Birinçi bölim yakuniga yaqin Robert Lyubiçiç (44) hisobni yiriklaştirdi. Ikkinçi bölim boşida Samuel Adeniran yakuniy natijani örnatdi.
Bu ğalabadan söng «LASK» oçkolari sonini 6 taga yetkazdi. «Slovan» esa hali oçko jamğara olmadi.
«Sporting» esa «Şaxtyor»ni safarda 1:0 hisobida mağlub etdi. Uçraşuvdagi yagona golni 59-daqiqada Issa Dumbiya kiritdi. Muvaffaqiyatdan söng portugaliyaliklar oçkolari sonini 9 taga yetkazdi. «Şaxtyor» esa 4 oçko bilan qoldi.
Turkiyaning «Galatasaroy» jamoasi esa Istanbulda Germaniyaning «Ştutgart» klubini 2:0 hisobida mağlub etdi. Bahsda mezbonlar ğalabasini Aleksey Batrakov taʼminladi. U 12 va 15-daqiqalarda raqib darvozasini işğol etib, dubl qayd etdi.
Uşbu ğalabadan söng «Galatasaroy» oçkolari sonini 6 taga yetkazdi. «Ştutgart» esa 7 oçko bilan qoldi. Germaniyaliklar şu tariqa musobaqadagi ilk mağlubiyatini qabul qildi.
Norvegiyaning «Budyo-Glimt» jamoasi esa öz maydonida Fransiyaning «Lill» klubini qabul qildi. Uçraşuvda hisob oçilmadi — 0:0.
Yevropa çempionlar ligasi umumiy bosqiçining 4-turidan örin olgan bahslar bugun, 4-noyabr kuni ham davom etadi. Kun davomida yana töqqizta uçraşuv ötkazilişi rejalaştirilgan.
Jumladan, Toşkent vaqti bilan soat 22:45 da «Fenerbahçe» öz maydonida «Liverpul»ni, Gretsiyaning «AYEK» jamoasi esa «Real Madrid»ni qabul qiladi.
Qolgan yetti uçraşuv tungi soat 01:00 da boşlanadi. Unda «Lans» — «Komo», «Borussiya Dortmund» — «Betis», «RB Leypsig» — «Mançester Siti», «Portu» — «Napoli», «PSV» — «Bryugge», «Slaviya Praga» — «Arsenal» hamda «Viking» — «Sabah» jamoalari özaro bahs olib boradi.
Javohir Toşxöjayev,
ÖzA