| Y | D | S | CH | P | J | SH |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 |
| 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 |
| 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 |
| 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 |
| 29 | 30 | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 |
Chempionat bezagi bo‘lgan o‘zbekona ramz
Butunjahon sport musobaqalari – Olimpiya yoki qit’a o‘yinlari bo‘ladimi, chempionatmi, kubok bahslarimi o‘z ramzi, logotipi bilan tashkil etiladi.
Lekin deyarli o‘n kun mobaynida poytaxtimizda og‘ir atletika bo‘yicha o‘mirlar va yoshlar o‘rtasida o‘tgan qit’a chempionatining logotipi ko‘pning e’tiborini tortgani va yillar o‘tsaki xotiridan ko‘tarilmasligi bor gap. Chempionatning ramzi o‘zbekona do‘ppimizdagi hoshiya bo‘ldi.
Chempionatni bevosita kuzatib borgan qit’a davlatlaridagi, yurtimizdagi og‘ir atletika sport turining muxlisu mutaxassislari uchun bahslar shiddati o‘ziga xos zavq bag‘ishlagan bo‘lsa, shohsupaga ko‘tarilgan har bir sovrindor boshiga o‘zbekona do‘ppi kiydirilganligi yanada o‘zgacha manzara kasb etdi.
Musobaqalarda bevosita ishtirok etgan Osiyo og‘ir atletika federatsiyasi prezidenti Muhammad Yusuf Al Mana sportchilarning supachadagi harakati, texnik komissiya a’zolarining faoliyati, chempionatning tashkiliy jarayonlari haqida so‘z yuritib, Toshkent dunyo og‘ir atletikasining markazlaridan biriga aylanganligini e’tirof etdi. Bu galgi qit’a chempionatining logotipi har qanday insonni hayratga solishini, bu, nafaqat musobaqaning, balki O‘zbekiston sportining milliy ramzi darajasida go‘zal bo‘lganligini ta’kidladi.
Darhaqiqat, chempionatda qatnashish uchun Toshkentga kelgan 21 ta mamlakat vakillari ayni ramzga oshufta bo‘lishdi. Uning mazmun-mohiyatiga qiziqish bildirishdi. Chempionat logotipi o‘zbekona do‘ppidan olinganligini bilganlaridan keyin esa xalqimizning tarixi benazir ekanligini aytishdi.
Bevosita chempionatning yakuniy sarhisobiga to‘xtaladigan bo‘lsak, musobaqalarda o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida umumjamoa hisobida O‘zbekiston terma jamoasi 1-o‘rinni egalladi. Yoshlar o‘rtasida hamyurtlarimizning azaliy raqiblari Eron va Qozog‘iston keyingi pog‘onalardan joy oldi. Yosh qizlar bellashuvlarida Vetnam, O‘zbekiston va Hindiston shohsupaga ko‘tarildi.
O‘smirlar o‘rtasidagi kurashlarda hamyurtlarimizdan keyingi o‘rinlar Saudiya Arabistoni va qardoshlarimiz qirg‘izistonliklarga nasib etdi. O‘smir-qizlar o‘rtasidagi bahslarda esa sovrinli o‘rinlar umumjamoada O‘zbekiston, Hindiston hamda Vetnam vakilalariga tegishli bo‘ldi.
Chempionat yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi umumiy hisobda 25 ta oltin, 17 ta kumush, 30 ta bronza jami 71 ta medalni qo‘lga kiritdi. Bu, qit’a chempionatida 25 marta davlatimiz madhiyasi yangrab, 71 marta hur bayrog‘imiz yuksaldi, deganidir.
Qit’a birinchiligi davomida ikkita Osiyo hamda bitta yoshlar o‘rtasida jahon rekordi o‘rnatildi. Yoshlar o‘rtasida musobaqalarning eng yaxshi erkak sportchisi deb vetnamlik Do Tu Tong, eng yaxshi ayol sportchisi sifatida filippinlik Vanessa Sarno topildi.
O‘smirlar o‘rtasida K Duong (Vetnam) va Anjelin Koloniya (Filippin) Toshkent bahslarining eng yaxshilari bo‘lishdi. Bellashuvlarda 8 ta Osiyo va 7 ta o‘smirlar o‘rtasida jahon rekordlari o‘rnatildi.
Eng muhimi, Toshkent sport maydonidagi murosasiz bahslar natijasida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarning boshiga chempionat ramzi sifatida kiydirilgan o‘zbekona do‘ppi endi muvaffaqiyat, omad timsoli bo‘lib sportchilarning mamlakatlariga, oilalariga kirib boradi.
To‘lqin Ro‘ziyev, O‘zA
Muallif: tulqinruziyev




