Chavandozlar O‘zbekiston kubogida bellashmoqda
Poytaxtimizda ot sportining to‘siqlardan sakrash (konkur) yo‘nalishi bo‘yicha kichik o‘smirlar, o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogi o‘tkazilmoqda.
Yoshlar o‘rtasida 120 santimetr balandlikdagi bahslarda Anna Sigidina «Elis Ji» laqabli ot bilan g‘olib bo‘lgan bo‘lsa, Dilshod Shokirov «La Blu Ruj» bilan ikkinchi, Lochin Tohirjonov «Chakayana» bilan uchinchi o‘rinni egalladi.
O‘smirlar o‘rtasidagi musobaqada Polina Dudnikova («Vaylant 2») birinchi, Farrux Usmonov («Butsefal») ikkinchi, Laylo Turdaliyeva («Oranj Uayt») uchinchi bo‘ldi. Bolalar o‘rtasida 105 santimetr balandlikdagi bahslarda Sevinch Nazarova «Ledi» laqabli ot bilan oltin medalga ega chiqdi. Muhammadsodiq Odiljonov «Red 2» bilan kumush, Sevinch Nazarova «Elis Ji» laqabli otida bronza medalga ega chiqdi.
Yoshlar o‘rtasida 130 santimetr balandlikdagi bahslarda Dilshod Shokirov «La Blu Ruj» va «Kvintus» laqabli otlar bilan mos ravishda birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egalladi. Anna Sigidina «Elis Ji» bilan uchinchi bo‘ldi.

O‘smirlar o‘rtasida 120 santimetr balandlikdagi bahslarda Asalxon Sayidahmedova («Karina») g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Abdulboriy Adhamov («Murlan») ikkinchi, Asadbek Boriyev («Kros») uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.
Bolalar o‘rtasida 110 santimetr balandlikdagi bahslarda Sevinch Nazarova («Elis Ji») birinchi, Muhammadsodiq Odiljonov («Red 2») ikkinchi, Abubakr Hapizov («Svit end Sauer») uchinchi o‘rinni egalladi.
Musobaqaning to‘rtinchi, yakuniy kuni 31-oktabr kuni soat 10:00 da boshlanadi. Unda yoshlar 140, o‘smirlar 130, bolalar esa 120 santimetr balandlikdagi to‘siqlardan sakrash bo‘yicha bahs olib boradi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA