Çavandozlarimiz Yevroosiyo ligasida şohsupaga kötarildi
Qozoğiston poytaxti Ostona şahrida ot sportining tösiqlardan sakraş (konkur) yönalişi böyiça FEI jahon kubogi — Yevroosiyo ligasi finali musobaqalari boşlandi.
Joriy yilning 22-noyabr kuniga qadar ötkaziladigan mazkur musobaqada 11 davlatdan kelgan çavandozlar turli balandlikdagi tösiqlardan iborat konkur bellaşuvlarida özaro raqobatlaşmoqda.
Musobaqaning tösiqlar balandligi 125 santimetr bölgan bellaşuvida Özbekiston terma jamoasi vakillari yuqori natijalarni qayd etdi. Jumladan, Alişerjon Erkinov «Cool Dancer» laqabli oti bilan barça raqiblaridan ustun kelib, şohsupaning eng yuqori poğonasidan joy oldi. Yana bir vakilimiz Aʼzam Tolibboyev «Lady» nomli tulporida ikkinçi örinni egallab, kumuş medalga sazovor böldi. Uçinçi örin Qirğiziston vakili Rinat Galimovga nasib etdi.
Javohir Toşxöjayev,
ÖzA