Buyuklikning maşaqqatli yöli
Ölmas merosi
Özbek adabiyotining zabardast vakillaridan biri Odil Yoqubov tavalludiga 100 yil töldi. Keng kitobxonlar ommasi qalbini zabt etgan yozuvçining hayot yöli, umr daftarini varaqlar ekanman, beixtiyor adibning ijod yöliga doir xotiralar jonlana boşlaydi.
Alişer Navoiy, Muhammad Şayboniyxon, Bobur singari mutafakkirlarni, Abdulla Qodiriy, Oybek, Şukur Xolmirzayevdek uluğ yozuvçilarni hamda Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Rauf Parfi kabi buyuk şoirlarni yetiştirgan özbek adabiyoti XX asrda ham yana bir qator maşhur adiblarni öz bağriga oldi. Ular orasida eng taniqlilaridan biri Odil Yoqubov edi. Uluğ ijodkor nihoyatda samimiy, köngli oçiq, haqiqatçi va, asosiysi, juda isteʼdodli edi.
Odil Yoqubov xususida söz ketganda, bundan öttiz yilça avval “Şarq” naşriyotida 20 ming nusxada çop etilgan “Muhabbatning olovi” kitobimga yozilgan sözboşi yodimga tuşdi. Xuddi bugungiday esimda. Öşanda naşriyot boş muharriri Ahror Ahmedov, isteʼdodli yozuvçi Sobir Önar, töplamga masʼul muharrir Laziz Tangriyev bilan bahslaşib ötirgan edik.
– Odil Yoqubov meni yaxşi tanimaydi, sözboşi şart emas, – dedim ularga.
Ammo qadrdonimiz Sobir Önar qatʼiy oyoq tirab turib oldi: – Yöq, kamtarlikni yiğiştiring. Odil aka bilan Ğafur Ğulom nomli naşriyotda işlab yurgan paytlarida gurunglaşgan ekansiz. Öşa naşriyotda 1987-yilda naşr etilgan “Içki dard tuğyoni” kitobingizni maqtaganini aytgan edi. Maşhur adabiyotşunos Ibrohim Ğafurov sizga uyuşma aʼzoligiga ötiş uçun rus tilida tavsiyanoma ham yozib berganini gapirgandi.
Odil Yoqubovning sözboşisini öqiy boşladim. Meni qöllab-quvvatlaş bilangina kifoyalanmay, ozroq tuzlagan, tanqid qilgan ham ekan.
“Surxondaryolik adib, jurnalist va munaqqid Jovli Xuşboqovning asarlarini köpdan buyon matbuot orqali kuzatib kelaman. “Yurakdan çiqqan söz” nomli adabiy-tanqidiy maqolalar töplamini ham körganman. Binoyiday yozadi. Mana, uning yangi “Muhabbatning olovi” töplami ham naşrga tayyor bölibdi. Men mana şu adabiy va ijtimoiy mavzularda bitilgan qator maqolalarni bir boşdan kuzata turib, qalamkaş ukamizning “balodek” sinçkov, zehni baland ekaniga yana bir karra guvoh böldim. Gap şundaki, Jovlibek yoş adiblarimiz xususida yoxud mirişkorlaru sevgi qismatida olov bölib yonayotgan yoş yuraklar töğrisida yozadimi, boşqalar xususidami, hayotga yozuvçining közi bilan qaraydi. Avvalo, bilgan narsasini yozadi, muşohadaga boy. Eng muhimi, yoruğ kunga işontira biladi. Bu, albatta, yozuvçining tahsinga loyiq jihatlari. Maqolalarga nazar taşlaş asnosida könglimda tağin bir mulohaza paydo böldi. Bu kişi asl maʼnoda adabiyotçimi, jurnalistmi, yozuvçimi? Munday qaraganingda, Xayriddin Sultondek ajoyib yozuvçimizning asarlarini jiddiy tahlil qila boşlaydi-yu, sal ötmay sud mojarolari xronikasi bitilgan maqolalarini öqiy boşlaysiz. Keyingisida esa qöyçivon haqida maroq bilan hikoya qila ketadi... Yozuvçi maʼlum bir yönalişni mahkam uşlab olsin, demoqçi emasmanu, har neçuk kitob uçun maqolalar jamlanganda, bir xil yönalişdagilarini tanlagani maʼqul. Bu mulohazalardan qatʼi nazar, men Jovli Xuşboqovni maşaqqatlar, kuzatuv, tajriba va isteʼdodi samarasi ölaroq uşbu töplam bilan qutlagim keldi. Odil Yoqubov, 1995-yil”.

Odil akaga nisbatan hayratim oşdi. Ayrim adabiyotşunoslar, adiblar ijodkorlarning kitoblariga sözboşi yozganida uni osmonu falakka çiqarib yuborar, zamonamizning eng isteʼdodli şoiri yoki yozuvçisi deb madh etar edi. Odil akaning esa mendan nordon sözlarini ayamaganidan xafa böliş örniga, birdaniga sevinib ketdim.
Odil Yoqubov bağrikeng inson edi. U hamkasblariga ham yaxşilik qilişni insoniylik burçi deb bilardi. Mana, uzoq yillar “Özbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasida samarali işlagan jurnalist Gulçehra Umarovaning sözlari fikrimizga yaqqol misol böla oladi:
“Odil akaning özi aytganidek, “Xotin jafosiz bölmas, kitob – xatosiz”. Gazeta sahifalarida ham har qança sinçkovlik va ehtiyotkorlik qilmaylik, xatolar ötib ketardi. Navbatdagi son muhokamasida maʼlum bölişiça, birinçi sahifadagi maqolada yirik partiya arbobining familiyasidan bir harf tuşib qolibdi. Hammamiz zudlik bilan boş muharrir xonasiga yiğildik. Xona jimjit. Barça sahifaning bir nuqtasiga qarab turibdi. Birdan hukumat telefonidan qönğiroq böldi. Odil aka vazminlik bilan göşakni kötardi. “Ha, men – Odil Yoqubov”, dedi xotirjamlik bilan. Narigi tomondan asabiy tovuşlar eşitila boşladi. Sözlovçini eşitib turgan rahbarimiz eʼtirozga örin qoldirmaydigan qilib: “Men javob beraman!” deb gapni kesdi. Trubkani jahl aralaş joyiga qöydi. U tomonning aytadigan gapi içida qoldi. Ustoz kimning sahifasi edi, navbatçi kim, deb ötirmay, Markazqömga ketdi. Garçi “oşkoralik davri” deb atalsa ham, hamon qattol tuzumning qiliçi qonsirab turardi. Boş muharrir bu vaziyatda tartib böyiça aybdorni topib, unga tegişli çora körib, bayonnomasini yuborsa ham, heç kim eʼtiroz bildira olmasdi. Ammo bir harf mojarosi ideologiya masʼullariga aloqador bölgani uçun oddiy odamni yançib taşlaşi heç gap emasdi. Odil Yoqubov azamat çinor ediki, unça-munça böron yiqitolmasdi. Markazda boş muharrirga qanday munosabatda bölganini bilmadik, özi ham aytmadi. Minnat qiladigan odati yöq edi ustozning. Keyin maʼlum bölişiça, qöl qöyilgan sahifada hammasi töğri bölgan. Sexdagi sahifalovçi gazetaga qöl qöyib bölingandan söng öşa rahbarning familiyasini qayta terganida xato ketgan ekan...”
Atoqli yozuvçi Odil Yoqubovning hayoti va ijodi haqida gap ketganda, quyidagilarni qisqaça qayd etiş mumkin. Maşhur ijodkor 1926-yilning 20-oktabrida Qozoğistonning Qarnoq qişloğida tuğilgan. 1951-1956-yillarda Örta Osiyo davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)ning filologiya fakultetida öqigan. 1955-1959-yillarda Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasida maslahatçi vazifasini ado etdi. Keyingi yillarda kino sohasida ham faoliyat körsatdi. Xususan, “Özbekfilm” kinostudiyasida, respublika kinematografiya qömitasida boş muharrirlik qildi. Adib noşir sifatida ham samarali mehnat qildi. Jumladan, Ğafur Ğulom nomli adabiyot va sanʼat naşriyotida boş muharrir örinbosari lavozimida işladi. Keyingi yillardagi faoliyati esa gazetaçilik bilan boğliq böldi. “Özbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasi tahririyatiga rahbarlik qilgan yillarida naşr tirajini bir neça yuz ming nusxaga yetkazgani, gazeta saviyasi ança yuqori bölganini jurnalistlar faxr bilan eslaşadi. Bundan taşqari, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasiga raislik qilgan yillarida uyuşmaning nufuzi ança oşganini, şoir va yozuvçilarga katta ğamxörlik körsatganini alohida taʼkidlaş kerak.
Maşhur yozuvçining dastlabki qissasi – “Tengdoşlar” naşr etilganida adib hali universitetning birinçi kurs talabasi edi. Oliy öquv yurtini bitirganidan söng nihoyatda sermahsul ijod qildi. “Muqaddas”, “Bir feleton qissasi”, ”Qanot juft böladi”, “Billur qandillar” singari önlab kitoblari, yuzlab qissa va hikoyalari dunyo yuzini kördi.
Odil Yoqubov özbek romançiligiga ham katta hissa qöşgan yozuvçilardan biri sifatida elga tanildi. Xususan, taniqli ijodkorning “Uluğbek xazinasi”, “Köhna dunyo”, “Diyonat”, “Oq quşlar, oppoq quşlar” singari tarixiy hamda zamonaviy mavzulardagi badiiy yuksak asarlari kitobxonlar orasida qölma-qöl bölib ketdi. Ularda tasvirlangan obrazlarning hayotiyligi, syujetlarining nihoyatda qiziqarliligi va katta hayotiy muammolar kötarib çiqilgani sababli bu romanlar faqat özbek xalqininggina emas, dunyo xalqlarining maʼnaviy mulkiga aylandi, turli tillarga tarjima qilindi va eng asosiysi, muxlislar tomonidan hanuzgaça sevib öqilmoqda.
Dunyoga tanilgan yozuvçining ijodiy faoliyati munosib baholangan. U “Döstlik” va “El-yurt hurmati” ordenlari sohibi bölgan. 1985-yilda Özbekiston xalq yozuvçisi unvoniga sazovor bölgan. Taniqli yozuvçi 2009-yilning 21-dekabrida vafot etgan.
Özbek madaniyati, adabiyoti, sanʼati rivojiga ulkan hissa qöşgan uluğ adib Odil Yoqubov kitoblarining bugungi kunda ham xalqimiz va dunyo kitobxonlari tomonidan sevib öqilayotgani atoqli ijodkor yaratgan ölmas asarlarning, maşaqqatli va sermahsul ijodning samarasidir.
Jovli Xuşboqov, ÖzA