O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Jahon tarixida o‘chmas iz qoldirgan betakror siymolardan biri Zahiriddin Muhammad Bobur buyuk shoir, qomusiy olim, davlat arbobi va mohir sarkarda sifatida butun dunyoda ma’lum va mashhurdir. Uning beqiyos ilmiy-ijodiy merosi nafaqat milliy madaniyatimiz va xalqimiz adabiy-estetik tafakkurining shakllanishida, balki jahon adabiyoti, ilm-fani va davlatchiligi tarixida alohida o‘ringa ega.

Mustaqillik davrida Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va faoliyatini har tomonlama chuqur o‘rganish, uning asarlarini yurtimiz va xorijiy davlatlarda targ‘ib qilish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Xususan, shoir tug‘ilgan kun – 14 fevral sanasi har yili mamlakatimiz bo‘ylab adabiyot va ilm-ma’rifat bayrami sifatida nishonlanmoqda. Boburshunoslik sohasida ko‘plab tadqiqotlar, respublika va xalqaro miqyosda ilmiy anjumanlar muntazam o‘tkazilmoqda.

Keyingi yillarda Toshkent va Andijon shaharlarida Bobur Mirzoning muazzam haykallari o‘rnatilgani, uning tug‘ilib o‘sgan yurti – Andijon shahrida Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondi va uning tasarrufidagi “Bobur va jahon madaniyati” kitob muzeyi faoliyat ko‘rsatayotgani, “Bobur ensiklopediyasi”, “Bobur kulliyoti”, “Babur. Baburidы. Bibliografiya” deb nomlangan salmoqli asarlarning nashrdan chiqarilgani, “Bobur va dunyo” jurnalining tashkil qilingani madaniy hayotimizda katta voqea sifatida e’tirof etildi.

Jonajon Vatanimiz milliy rivojlanishning yangi bosqichiga – Uchinchi Renessans davriga qadam qo‘yayotgan, hayotimizning barcha jabhalarida tub o‘zgarishlar yuz berayotgan bugungi kunda Bobur Mirzoning bebaho merosini chuqur o‘rganish va ommalashtirish yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Buyuk ajdodimiz asarlarining milliy va umuminsoniy mohiyatini, uning yosh avlodimiz intellektual va ma’naviy salohiyatini oshirish, farzandlarimizni shu asosda Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari etib tarbiyalash borasidagi ulkan o‘rni va ta’sirini inobatga olib, Bobur Mirzoning ilmiy va ijodiy merosini mamlakatimiz va xalqaro miqyosda yanada chuqur o‘rganish va targ‘ib etish maqsadida:

1. Madaniyat va turizm vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondi hamda jamoatchilik vakillarining 2023 yilda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligini keng nishonlash to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.

2. Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligini nishonlash bo‘yicha tashkiliy qo‘mita (keyingi o‘rinlarda – Tashkiliy qo‘mita) tuzilsin va uning tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Tashkiliy qo‘mita (A.N.Aripov):

bir hafta muddatda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligini nishonlash bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturini tasdiqlasin. Ushbu dasturda quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratilsin:

mamlakatimizdagi Zahiriddin Muhammad Bobur nomi bilan bog‘liq obida va qadamjolarni, jumladan, yodgorlik majmualarini ta’mirlash va ularning hududlarini obodonlashtirish;

Bobur Mirzo merosiga mansub qo‘lyozma, qadimiy kitoblar, san’at asarlari va boshqa madaniy boyliklarni restavratsiya qilish, ularni ishonchli darajada saqlash uchun zarur sharoit yaratish;

xorijiy mamlakatlarda saqlanayotgan Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti, ilmiy-ijodiy merosi hamda u yashagan davrga oid noyob qo‘lyozma asarlar va boshqa madaniy boyliklarni aniqlash, ularning nusxalarini O‘zbekistonga olib kelish va tadqiq qilishni davom ettirish;

Zahiriddin Muhammad Boburning ilmiy-ijodiy merosini, davlatchilik va sarkardalik faoliyatini keng o‘rganish maqsadida xalqaro miqyosda ilmiy izlanishlar olib borish va ularning natijalarini e’lon qilish, yangi ilmiy, badiiy-publitsistik asarlar yaratish;

Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan yuqori sifatli media mahsulotlar hamda audiovizual asarlar yaratish, ularni mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish, Internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng targ‘ib qilish;

O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi elchixonalari, O‘zbek milliy madaniy markazlari, vatandoshlar jamiyatlarida Zahiriddin Muhammad Bobur ijodini keng o‘rganish va targ‘ib qilishga bag‘ishlangan ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari tashkil etish.

3. Madaniyat va turizm vazirligi Tashkiliy qo‘mitaning ishchi organi etib belgilansin va mazkur qarorda belgilangan vazifalar bo‘yicha vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirib borsin.

4. Tashkiliy qo‘mita quyidagi tadbirlar:

Andijon viloyati hokimligi tomonidan Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondi bilan birgalikda Andijon shahrida “Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiy merosining bashariyat ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotidagi o‘rni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya;

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida “Zahiriddin Muhammad Bobur merosining Sharq davlatchiligi va madaniyati rivojida tutgan o‘rni” mavzusida xalqaro ilmiy-nazariy anjuman;

Toshkent shahar hokimligi, Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan Toshkent shahrida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-badiiy anjuman;

Madaniy meros agentligi va Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondi tomonidan Andijon shahridagi “Bobur va jahon madaniyati” kitob muzeyida Boburning hayoti, ilmiy va ijodiy faoliyatiga bag‘ishlangan asarlarning qo‘lyozma va nashr nusxalarining ko‘rgazmasi;

Badiiy akademiya va “Hunarmand” uyushmasi tomonidan mavzuga bag‘ishlangan tasviriy san’at asarlari, miniatyuralar, xalq amaliy san’ati namunalari ko‘rgazmalari yuqori saviyada o‘tkazilishini ta’minlasin.

5. Zahiriddin Muhammad Boburning ibratli hayoti va boy merosini aholi orasida keng targ‘ib qilish maqsadida:

a) Madaniyat va turizm vazirligi Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondi bilan birgalikda:

“Bobur merosi” xalqaro sayyohlik targ‘ibot dasturini amalga oshirsin;

2023 yilda Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va asarlari asosida yangi spektakllar yaratish, shoir g‘azallari bilan ijro etiladigan eng yaxshi qo‘shiqlar tanlovlari hamda “Nazm va navo” maqom kechalarini tashkil etishni ta’minlasin;

davlat buyurtmasi asosida Zahiriddin Muhammad Boburning bolalik davriga bag‘ishlab suratga olinayotgan “Yo‘lbarsning tug‘ilishi” badiiy filmini yakuniga yetkazish choralarini ko‘rsin;

b) Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi 2023-2024 yillarda bolalar uchun Bobur Mirzo haqidagi spektakl va ko‘p qismli multiplikatsion filmni yaratsin.

6. Tashkiliy qo‘mita Fanlar akademiyasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Jamoat xavfsizligi universiteti, Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondi, Yozuvchilar uyushmasi bilan birgalikda:

o‘zbek, rus va ingliz tillarida Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga doir “Bobur ensiklopediyasi”ning to‘ldirilgan uchinchi nashri, “Bobur” kitob-albomi, shuningdek, Bobur asarlari lug‘ati, Bobur devonining mukammal nashrini;

“Boburnoma” asarining zamonaviy o‘zbek va qoraqalpoq tillariga tabdilini yaratish;

“Boburga armug‘on” rukni ostida shoir asarlari, uning hayoti va ijodi haqidagi ilmiy va ommabop kitoblar turkumini tayyorlash va chop qilish choralarini ko‘rsin.

7. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondi bilan birgalikda:

ikki oy muddatda Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiy merosini tadqiq etish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablariga muvofiq ilmiy loyihalar tanlovini e’lon qilsin;

ushbu qarorning 6-bandida belgilangan adabiyotlarni tayyorlash bilan bog‘liq ishlar uchun davlat ilmiy dasturlari doirasida maqsadli mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin;

talabalar hamda tadqiqotchilar o‘rtasida Bobur Mirzo hayoti va ijodiga bag‘ishlangan yangi ilmiy-publitsistik hamda badiiy asarlar tanlovini o‘tkazsin;

Bobur Mirzo hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan asarlarning o‘zbek tilidan xorijiy tillarga hamda xorijiy tillardan o‘zbek tiliga bosqichma-bosqich tarjima qilinishi va chop etilishini ta’minlasin.

8. 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun tarix va geografiya yo‘nalishlarida Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi davlat stipendiyasi ta’sis etilsin.

Vazirlar Mahkamasi uch oy muddatda mazkur davlat stipendiyasini tayinlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin.

9. Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2023 yil davomida quyidagi vazifalarni o‘z ichiga olgan “Bobur va yoshlar” maxsus dasturini amalga oshirsin:

umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Bobur asarlarining bilimdonlari” tanlovi va “Boburni anglash” mavzusida insholar tanlovini o‘tkazish va g‘oliblarni munosib taqdirlash;

zamonaviy axborot va targ‘ibot texnologiyalari asosida Zahiriddin Muhammad Bobur asarlarini yoshlar o‘rtasida keng ommalashtirish.

10. Andijon viloyati hokimligi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondi bilan birgalikda 2023 yil 1 avgustga qadar mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan o‘zbek, rus, ingliz tillarida faoliyat yuritadigan xalqaro ilmiy boburshunoslik elektron platformasi va uning mobil ilovasini yaratsin. Bunda, mazkur platformaning kelgusida samarali yuritilishi Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondi tomonidan amalga oshirilishi belgilab qo‘yilsin.

11. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Yozuvchilar uyushmasi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda boshqa vazirlik, idora va tashkilotlar Zahiriddin Muhammad Boburning ilmiy-ijodiy merosiga bag‘ishlangan ijodiy uchrashuvlar, davra suhbatlari, kitoblar taqdimotlari hamda boshqa tadbirlarni tashkil qilsin.

12. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston milliy media assotsiatsiyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligini nishonlash bilan bog‘liq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.

13. Mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish manbalari etib mahalliy byudjetlarning qo‘shimcha manbalari, ijrochilarga ajratilgan mablag‘lar doirasida Davlat byudjeti mablag‘lari, tashkilotchilarning o‘z mablag‘lari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilansin.

14. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi O.Q.Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi

Prezidenti                                     Sh.MIRZIYOEV

Toshkent shahri, 

2023 yil 25 yanvar

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buyuk shoir va olim, mashhur davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida