Fizika, matematika va informatika bo‘yicha Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan xalqaro fan olimpiadasida o‘n besh mamlakatdan vakillar ishtirok etdi.

Fizika, matematika va informatika bo‘yicha Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan xalqaro fan olimpiadasida o‘n besh mamlakatdan vakillar ishtirok etdi. Unda Buxoro davlat universiteti qoshidagi 3-Qorako‘l akademik litseyi o‘quvchilari yurtimiz sharafini munosib himoya qildi.

O‘n birinchi bor o‘tkazilgan olimpiadada mazkur litsey o‘quvchilari Jamshid Yaxshiyev va Suhrob Jo‘raqulov matematika fani bo‘yicha bronza va kumush medallarini qo‘lga kiritdi. Bu yutuq Qorako‘l akademik litseyi o‘quvchilarining nufuzli bilimlar ko‘riklaridagi ilk muvaffaqiyati emas. Litsey o‘quvchilari xalqaro fan olimpiadalarida fizika, matematika va kimyo fanlari bo‘yicha o‘ttiz uchta medalga sazovor bo‘lgan.

– Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar o‘z samaralarini berayotir, – deydi akademik litsey direktori, O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi To‘xtamurod Jumayev. – Alohida e’tibor, ta’lim muassasalari moddiy-texnik bazasining mustahkamlanayotgani o‘quvchilarning intellektual salohiyatini yanada yuksaltirish, yuksak marralarni zabt etishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxorolik o‘quvchilarning muvaffaqiyati