Buxoro – tarix va bugun uyğunlaşgan şahar
Qadimiy Buxoro özining betakror meʼmoriy obidalari, milliy hunarmandçilik anʼanalari va öziga xos muhiti bilan sayyohlarni maftun etib kelmoqda. Şaharning har bir göşasida asrlar davomida şakllangan boy tarix va madaniy meros öz aksini topgan.
Ayniqsa, tungi çiroqlar yoğdusida qadimiy köçalar va tarixiy inşootlar yanada jozibali qiyofa kasb etadi. Meʼmoriy yodgorliklar, anʼanaviy savdo rastalari va hunarmandçilik ustaxonalari şaharning öziga xos muhitini namoyon etadi.
Buxoroning yana bir öziga xos jihati — asrlar oşa sayqal topib kelayotgan milliy hunarmandçilik anʼanalaridir. Kulolçilik namunalari, qöl mehnati bilan yaratilgan sopol haykalçalar va turli bezak buyumlari sayyohlar hamda sanʼat ixlosmandlarida katta qiziqiş uyğotadi. Ularda xalqimizning boy madaniy merosi va hunarmandlar mahorati mujassam.
Qadimiy savdo rastalarida ham ötmiş va bugun uyğunligini köriş mumkin. Milliy hunarmandçilik mahsulotlari, esdalik sovğalari, misgarlik buyumlari, naqşinkor eşik halqalari va boşqa bezaklar Buxoroga xos amaliy sanʼat anʼanalarini özida aks ettiradi.
[gallery-32395]
Bugun Buxoro özining tarixiy obidalari, boy madaniy merosi va milliy hunarmandçilik anʼanalari bilan mahalliy hamda xorijlik sayyohlarni öziga jalb etmoqda.
Nosirjon HAYDAROV (surat), ÖzA