Butunjahon turizm kuni(+video)
Poytaxtimizda Butunjahon turizm kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda soha xodimlari, tadbirkorlar va xorijiy mehmonlar jam bo‘lib, Prezident tabrigi o‘qib eshittirildi.
Tadbirda ta’kidlanganidek, joriy yil boshidan buyon O‘zbekistonga 9 milliondan ortiq xorijiy sayohatchi tashrif buyurgan. Shuningdek, "O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!" dasturi doirasida mahalliy sayyohlar soni ham sezilarli darajada ortib, infratuzilma va xizmat turlari yanada kengaymoqda.
Bayram doirasida turizmni rivojlantirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh faollar “Turizm fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Shuningdek, hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi o‘tkazilib, g‘oliblarga O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilish uchun yo‘llanmalar topshirildi va yakunda bayram konsert dasturi namoyish etildi.
Ziyovuddin Nuriddinov, Salimjon Obidjonov, O‘zA