Poytaxtimizda 4 sentyabr – Butunjahon taekvondo kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tantanali marosim ochilishida O‘zbekiston sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov so‘zga chiqib, mamlakatimizda ushbu sport turi yoshlar orasida tobora ommalashib borayotganini ta’kidladi. Shuningdek, davlatimiz tomonidan yaratilayotgan shart-sharoitlar va qo‘llab-quvvatlash natijasida o‘zbekistonlik taekvondochilar nufuzli xalqaro musobaqalarda munosib natijalarni qo‘lga kiritayotganini e’tirof etdi. 

Tadbir davomida mamlakatimiz taekvondo ustalari ishtirokida ko‘rgazmali chiqishlar namoyishi o‘tkazildi. Shuningdek, taniqli sportchilarimiz tomonidan muxlislarga qiziqarli viktorina savollari berildi. Mazkur savol-javobda o‘z iqtidorini namoyish etgan taekvondo ixlosmandlari tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi. 

O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda yosh sportchilar tomonidan ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi. Marosim yakunida barcha ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/odh4sLJgiYs" title="Butunjahon taekvondo kuni poytaxtimizda keng nishonlandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Javohir Toshxo‘jayev, Behruz Xudoyberdiyev, 
Anvarxo‘ja Ahmedov (montaj) O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Butunjahon taekvondo kuni poytaxtimizda keng nishonlandi (+video)