10 ta davlat taekvondochilari Toshkentda jam bo‘ldi
Poytaxtimizda taekvondo WT bo‘yicha 10 ta davlatning turli yosh toifalari vakillari ishtirokida "Tashkent Summer Camp-2026" nomli o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazilmoqda.
Toshkentdagi "Universal" sport saroyida tashkil etilayotgan mazkur yig‘inda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Rossiya, Shvetsiya, Saudiya Arabistoni, BAA, O‘mmon va Quvayt terma jamoalarining 600 nafardan ziyod yosh taekvondochilari ishtirok etmoqda.
Jahon chempionlari, Olimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlarini tayyorlagan murabbiylar nazoratidagi ushbu xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini 2-avgustga qadar davom etadi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA