Kecha, 13 sentyabr kuni o‘tgan 3-turda mamlakatimiz erkaklar terma jamoasi Xorvatiya vakillari bilan kuch sinashdi. Murosasiz o‘tgan bahslarda terma jamoamiz a’zolaridan Nodirbek Yoqubboyev xorvatiyalik Sasha Martinovich bilan durang o‘ynagan bo‘lsa, Nodirbek Abdusattorov Ante Brkichni, Javohir Sindorov Leon Livaichni, Shamsiddin Vohidov Jdenko Kozulni mag‘lub etdi. Shu tariqa O‘zbekiston-Xorvatiya bahsi 3,5:0,5 hisobida yakunlandi.

Qizlar terma jamoamiz vengriyalik raqiblarini 2,5:1,5 hisoblarida taslim etdi. Shaxmatchi qizlarimizdan Afruza Hamdamova Zsoka Gaalni, Umida Omonova Julianna Terbeni 1:0 hisobida yengdi. Nilufar Yoqubboyeva Tanx Xoangga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Marjona Malikova - Petra Papp qarama-qarshiligidagi bahsda tomonlar murosa yo‘lini tanladi-0,5:0,5.

Bugun, 14 sentyabr kuni erkaklar terma jamoamiz qora donalarda Vetnam vakillari bilan, qizlar terma jamoasi oq donalarda Bolgariya vakillari bilan ro‘baro‘ keladi.

Ortda qolgan 3-tur sarhisobiga ko‘ra, 45-Butunjahon shaxmat olimpiadasida ishtirok etayotgan erkaklar terma jamoalarining 197 tasidan 16 tasi 6 ochko bilan g‘oliblikka da’vogarlik qilmoqda. 10 ta jamoa 5 ochkoga ega bo‘lib turibdi.

Ayollar o‘rtasidagi musobaqalarda esa 184 ta jamoadan 16 tasi 6 ochko, 8 tasi 5 ochko jamg‘argan.

O‘zbekiston erkaklar va ayollar jamoalari ham 6 ochkoga ega bo‘lgan tarzda yuz foizlik imkoniyat bilan shaxmat olimpiadasidagi ishtirokini davom ettirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, shaxmat olimpiadasi bahslari 23 sentyabrga qadar davom etadi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Butunjahon shaxmat olimpiadasining 3-tur bellashuvlari ortda qoldi