Bugun O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Nigmatovich Aripov 60 yoshga to‘ldi!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq, davlat idoralaridagi ko‘p yillik fidokorona mehnati, mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash va iqtisodiy qudratini yuksaltirish, muhim strategik loyihalarni hayotga tatbiq qilish borasidagi ulkan xizmatlari, ibratli faoliyati hamda tavalludining 60 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlandi.
Shu munosabat bilan Abdulla Nigmatovichni samimiy muborakbod etamiz hamda mustahkam sog‘lik, tinchlik-omonlik, baxt-saodat, mas’uliyatli davlat lavozimidagi faoliyatiga yangi zafarlar tilaymiz.
O‘zA