Joriy yil 16 noyabr kuni xalq deputatlari Bo‘zatov tuman Kengashining birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya kun tartibida xalq deputatlari Bo‘zatov tuman Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlarini ro‘yxatga olish, tuman Kengashining Reglamenti va doimiy komissiyalar to‘g‘risidagi Nizomni, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining Bo‘zatov tumani hokimini tayinlash to‘g‘risidagi farmoyishini tasdiqlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev ishtirok etdi va nutq so‘zladi.

Sessiyada Bo‘zatov tumani hokimi lavozimiga Ubbiniyazov Botirbek Ongarbayevichni tayinlash masalasi ko‘rib chiqildi. Taqdim etilgan nomzod tuman Kengashining bir qator deputatlari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Sessiyada Ubbiniyazov Botirbek Ongarbayevich Bo‘zatov tumani hokimi etib tayinlandi. 
B.Ubbiniyazov shu kunga qator Mo‘ynoq tumani hokimining ekologiya va Orolbo‘yi hududini rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bo‘zatov tumaniga hokim tayinlandi