Böstonliqda oltin kuz
Kuz faslida Böstonliq toğlari va boğlari özgaça manzara kasb etadi. Daraxtlarning sarğiş, zarhal va qizğiş tusga kirgan barglari toğ yonbağirlariga ajib körk bağişlaydi.
Toğlar bağridagi daraxtzorlar, sokin jilğalar va xazonrezgi manzaralari bu faslda yanada jozibador körinadi. Quyoş nurlarida tovlangan barglar, toğ söqmoqlariga tökilgan xazonlar kuzning öziga xos tarovatini namoyon etadi.
Ayniqsa, toğ yonbağirlaridagi rang-barang daraxtlar va uzoqlarga çözilgan toğ tizmalari uyğunligi kişiga zavq bağişlaydi. Bu manzaralar tabiat qöynida sayr qiliş, kuzning sokin va fayzli damlaridan bahramand böliş istagini uyğotadi.
[gallery-32247]
Böstonliqning kuzgi manzaralari fasllar almaşinuvi tabiatga qançalik gözal tus berişini yana bir bor namoyon etadi.
Otabek MIRSOATOV (surat), ÖzA