"Bosh vazir kubogi-2021" musobaqasiga start berildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, mamlakatimizdagi vazirlik, idora va yuqori turuvchi tashkilotlarning markaziy apparati xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda ommaviy sportni yanada rivojlantirish maqsadida har yili futbol bo‘yicha “Bosh vazir kubogi” musobaqasini o‘tkazish belgilangan.
Uch yildan beri an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan mazkur musobaqa o‘yinlari joriy yilning 5-10 noyabr kunlari o‘tkazilishi belgilangan. Bu yilgi turnirda 43 ta jamoa ishtirok etmoqda.
Bugun poytaxtimizdagi “Bunyodkor” klubining o‘quv-mashg‘ulot maydonlarida “Bosh vazir kubogi-2021” turniri start oldi.
5 noyabr kungi 1/32 final o‘yinida quyidagi jamoalar uchrashuvi belgilangan:
1. Texnik jihatdan tartibga solish agentligi – Ta’lim markazi;
2. Sog‘liqni saqlash vazirligi – Investitsiya va tashqi savdo vazirligi;
3. Oliy Majlis Senati – Energetika vazirligi;
4. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi – AOKA;
5. Maktabgacha ta’lim vazirligi – Agro markaz;
6. O‘zLiDeP – O‘zA;
7. Agroinspeksiya – Davlat statistika qo‘mitasi;
8. Adliya vazirligi – Moliya vazirligi;
9. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi – Suv xo‘jaligi vazirligi;
10. O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi – Madaniyat vazirligi;
11. Yoshlar ishlari agentligi – Xalq ta’limi vazirligi.
[gallery-4551]
Muhammad AMIN (surat), O‘zA