Bugungi kunda bolalarni turli ko‘rinishdagi zo‘ravonliklardan himoya qilish borasida qator choralar ko‘rilmoqda. Ammo shunga qaramay, bolalar huquqlarini yanada ishonchli himoya qilish zarurati mavjud.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.   

— Bugungi kunda huquqni qo‘llash amaliyotida bolalarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishini ta’minlash bilan bog‘liq qator muammolar mavjud, — dedi deputat A.Shodmonov. — Xususan, jinoyatdan jabrlangan bolalarning huquqlarini himoyalash, bolalarni jinoyat protsessiga guvoh sifatida jalb etishda ularning huquqlarini kafolatlash tizimini takomillashtirish talab etiladi. Ushbu qonun loyihasi bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslariga bolalarni jinsiy zo‘ravonliklardan himoyalash, bolalar tasvirlangan pornografik mahsulotlarni saqlaganlik uchun javobgarlikni belgilashni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga voyaga yetmagan guvohlarni so‘roq qilish muddatlarini aniq belgilovchi o‘zgartirish kiritish taklif etilmoqda.   

Moddalar muhokamalari davomida deputatlar tomonidan bir qator savol va takliflar ko‘tarildi. Qizg‘in bahs va munozaralarda qonun loyihasining ayrim normalarini takomillashtirish zarurligi aytildi. Shu maqsadda loyiha mas’ul qo‘mita tomonidan yanada takomillashtiriladigan bo‘ldi.   

Muhtarama Komilova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bolalar tasvirlangan pornografik mahsulotlarni saqlaganlik uchun javobgarlik