Bugungi kunda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar vakillariga yoki ularning farzandlariga to‘lanadigan nafaqalarni belgilash tartiblari o‘zgarmoqda, ya’ni inson omili aralashmaydigan shaffof mexanizim shakllantirilmoqda. O‘z navbatida aholi vakillarining yangicha tizimga moslashishi va tushunishi biroz qiyin kechayotgani ham bor gap. Boisi, ushbu masala yuzasidan kunora murojaatlar ham kelib tushmoqda. Xo‘sh, yangi tizimning qulaylik va afzallik tomonlari qanday? Bolalar nafaqasi qanday tartibda rasmiylashtiriladi?

Mamlakatimiz aholisining ijtimoiy va moddiy muhofaza qilinishini ta’minlaydigan va jamiyatda qaror topgan huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy chora-tadbirlar davlat siyosatining muhim omili hisoblanadi. Jamiyatdagi aholining yoshi, salomatlik holati, ijtimoiy ahvoli, tirikchilik vositalari bilan yetarli ta’minlanmagani tufayli yordamga, ko‘makka muhtoj fuqarolarga yordam ko‘rsatish azaliy qadriyatlardan sanaladi. 

Rivojlangan demokratik jamiyatda ijtimoiy himoya vazifalarini bajarishni davlat o‘z zimmasiga oladi. Ijtimoiy himoya tushunchasi birinchi marta 1935 yilda AQSHning “Ijtimoiy xafsizlik bo‘yicha qonun”ida qo‘llanilgan, keyinchalik Halqaro mehnat tashkiloti konvensiyalarida bu tushuncha mazmuni mukammallashtirilgan.

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 4 avgustdagi “Aholiga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordam taqdim etish tartib-taomillarini avtomatlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining qabul qilinishi mamlakatimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga qaratilayotgan e’tibordan darak beradi, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i Jamshid Rahmonqulov. – Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 10 noyabrdagi “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan oilalarni aniqlash va ularga ijtimoiy nafaqalar tayinlash bo‘yicha elektron shaklda ariza berishni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 596-sonli qarorining qabul qilinishi ham bu boradagi islohotlarning uzviy davomi desak adashmaymiz. Xususan, 2023 yil 1 dekabrdan sohani raqamlashtirish orqali ijtimoiy himoya tizimi shaffofligini ta’minlash va jarayonlarni aholi uchun qulay tarzda tashkil qilish maqsadida amaldagi tartib saqlanib qolgan holda 2024 yil 1 apreldan kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali onlayn ariza taqdim etish tartibi joriy etiladi. 

Mas’ulning izoh berishicha, chet elda ishlaydigan yoki chet elda tadbirkorlik va boshqa faoliyat turini amalga oshiruvchi shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Davlat personallashtirish markazining elektron ma’lumotiga asosan avtomatik ravishda bandligini aniqlash tartibi joriy etilmoqda. Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini ijtimoiy nafaqalar bilan qamrab olishning manzilliligini oshirish maqsadida oilaning ruhiy kasalliklar dispanseri ro‘yxatidagi a’zosiga mehnat organida ishsiz sifatida ro‘yxatda turish talabi bekor qilinmoqda.

Rasman nikohi bekor qilinmagan, biroq farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan onalarning ijtimoiy himoyasini ta’minlash maqsadida rasman nikohi bekor qilinmagan holda sud qaroriga asosan aliment to‘lab turgan turmush o‘rtog‘i oila tarkibiga kiritilmasligi belgilanmoqda.

2023 yil 1 noyabrdan boshlab bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi oilaning iqtisodiy ahvoli o‘zgarishi har oyda qayta ariza talab etmagan holda manfaatdor vazirliklar va idoralarning axborot tizimlaridan elektron shaklda olingan ma’lumotlarga muvofiq avtomatik tarzda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali qayta o‘rganiladi.

2023 yil 16 noyabrdan boshlab ishsiz, lekin bandlik organlariga maslahat uchun murojaat qilganligini inobatga olib, bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlangan oilalar, nafaqa tayinlangan oydan boshlab 3 oy davomida mehnatga layoqatli a’zolarini mehnat organi orqali kasbga tayyorlash, malaka oshirish, qayta tayyorlash o‘quv kurslarida o‘qimasa, markazda ish izlovchi yoki ishsiz sifatida ro‘yxatga olinmasa, mehnat organlarining maqbul keladigan ishga doir takliflarini muntazam ravishda rad etsa yoki mehnat faoliyatini rasmiylashtirmasa keyingi oydan to‘lov to‘xtatish amaliyoti joriy etilmoqda.

2024 yil 16 iyuldan Soliq qo‘mitasining fuqarolarning ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishning markazlashtirilgan elektron reyestri ma’lumotlarida ish haqi to‘g‘risida ma’lumotlari mavjud bo‘lgan shaxslarni mehnat yoki fuqarolik-huquqiy shartnomalari “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida hisobda turganda rasmiy band shaxs sifatida qabul qilish tartibi belgilanmoqda.

– Amaldagi tartib bo‘yicha Kadastr agentligi axborot tizimida tomorqa yeri mavjud bo‘lganda har 4 sotix yerga bir oila a’zosi avtomatik ravishda (undan foydalanishidan qat’i nazar) band bo‘lgan shaxs sifatida inobatga olinadi hamda rasmiy daromad talab etilmasdan bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlanadi, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi ijtimoiy to‘lovlar shu’basi bosh mutaxassisi Sardor Qahhorov. – Oila a’zosi I yoki II guruh va 18 yoshgacha bolalikdan nogiron bo‘lgan to‘rt va undan ortiq o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan farzandi bor oilaning mehnatga layoqatli a’zolaridan rasmiy bandlik talab etmaslik bo‘yicha tartib joriy etilmoqda. Egaligida yengil avtotransport vositasining ishlab chiqarilgan muddati 12 yilgacha bo‘lgan oilalarga nafaqa olishga cheklov belgilanmoqda.

Amaldagi tartibga ko‘ra, xususiy sektorlarda ishlovchi onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar korxona tomonidan bola ikki yoshga yetguncha uni parvarishlash uchun beriladigan har oylik nafaqani olish muddati tugaganidan so‘ng bolalar nafaqasini olish uchun mahalla fuqarolar yig‘inlariga murojaat qilishi mumkin.

Rasmiy daromad manbalariga ega bo‘lmagan “Temir daftar” ro‘yxatida bo‘lgan oilalarga bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlashda rasmiy bandlik talab etish bo‘yicha cheklovlar bekor qilinmoqda.

Bolalar nafaqasi tayinlangan oilada navbatdagi bola tug‘ilganda bolalar nafaqasi miqdori bolalarning tegishli sonidan kelib chiqib, keyingi oydan boshlab qayta hisoblanadi.

Bunda 2024 yil 1 yanvardan boshlab nafaqa miqdorini qayta hisoblash “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi tomonidan avtomatlashtirilgan tarzda manfaatdor vazirliklar va idoralarning axborot tizimlaridan elektron shaklda taqdim etilgan ma’lumotlarga asosan amalga oshiriladi.

Mas’ullarning ma’lum qilishicha, 2023 yilning dekabr oyi holatiga ko‘ra, viloyat bo‘yicha bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi oilalar soni 254 mingtani tashkil etmoqda.

Bunday xayrli ishlarning amalga oshirilishi bag‘ri kenglik tushunchasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Shunday ekan, bu kabi qarorlarning hayotimiz va kelajagimiz uchun asosiy ahamiyat kasb etishini har bir fuqaro his etmog‘i va bilmog‘i joiz.

O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bolalar nafaqasini berish tartibidagi o‘zgarishlarni bilasizmi?