Bunda parlament, mutasaddi davlat idoralari, fuqarolik jamiyati institutlari, jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari faol ishtirok etishi muhim.

Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) Surayyo Rahmonova o‘z ish faoliyatiga kirishdi. Shu munosabat bilan u sohaga oid o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi.  

– Bugungi kunda bola huquqlarini himoya qilishga oid davlat siyosati sohada ko‘plab dolzarb masalalarni hal etishni taqozo etmoqda, – dedi S.Rahmonova. – Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) etib saylanish ortidan shunday ulkan mas’uliyat zimmamga yuklandi. Aytib o‘tish kerakki, o‘tgan qisqa davr ichida davlatimizda bola huquqlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Bolalarni majburiy mehnatga jalb qilinmasligidan tortib turli zo‘ravonliklarga chek qo‘yish bo‘yicha tashkiliy-huquqiy choralar ko‘rildi. 

Shu bilan birga, bugun bolalarning shaxsiy va ijtimoiy huquqlari – uzluksiz va sifatli ta’limga bo‘lgan huquqi; hayoti va sog‘lig‘i uchun; jismoniy va ma’naviy salomatligi uchun xavfsiz shart-sharoitga bo‘lgan huquqi va boshqa ajralmas kafolatlarini ta’minlash mexanizmi yanada izchil va ta’sirchan tashkil etilishi zarur.  

Bu borada Bolalar ombudsmanining birlamchi vazifasi – bola manfaatlariga oid qonunchilik ijrosi ustidan samarali parlament nazoratini olib borishdir. Mazkur jarayonda Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan bola huquqlari ta’minlanishi darajasi qanday? Bolalar manfaatlariga rioya etishda bugungi kunda alohida e’tibor qaratishni talab etadigan tizimli muammolar va ularning yechimlari nimadan iborat?  

Aynan ana shu masalalar faoliyatimizning asosiy funksional yo‘nalishini belgilaydi. Albatta, bola huquqlarini himoya qilish sohasida parlament, mutasaddi davlat idoralari, fuqarolik jamiyati institutlari, faol jamoatchilik vakillari va ommaviy axborot vositalari xodimlari – barchamiz bor sa’y-harakatlarni birlashtirishimiz zarur.    

Shu nuqtai nazardan Bolalar ombudsmani farzandlarimiz manfaatlariga e’tiborsiz bo‘lmagan jamiyatimizning har qanday faol a’zolari bilan hamkorlikka va muloqotga ochiqdir. Shubhasiz, bolalar manfaatlarini himoya qilish vazifasi – ulkan mas’uliyat, lekin shu bilan birga, sharafli missiya hamdir. Mazkur vazifaga munosib bo‘lish uchun jamoamiz bilan barcha kuch va imkoniyatni ishga solamiz, – dedi S.Rahmonova.  

N.Abduraimova,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bolalar huquqlarini himoya qilishda sa’y-harakatlarni birlashtirish zarur