Mamlakatimizda bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, bolaning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, bolalar huquqlari va imkoniyatlarining tengligini ta’minlash, bola huquqlari kafolatlarining huquqiy asoslarini takomillashtirish, bolalarning har jihatdan barkamol bo‘lib voyaga yetishlari uchun munosib shart-sharoitlar yaratish uchun juda katta ishlar amalga oshirilmoqda.

E’tiborlisi, ushbu masalalar davlatimiz rahbarining doimiy diqqat-e’tiborida turibdi. Yurtboshimiz tomonidan kuni kecha imzolangan “Bola huquqlarining kafolatlarini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmon buning yaqqol dalilidir.  

Farmon bolalar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishning institutsional va huquqiy asoslarini tubdan takomillashtirish, bolalar orasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar sodir etilishining barvaqt oldini olish, nogironligi bo‘lgan bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash masalalari, shuningdek, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.  

Ushbu tarixiy hujjatga ko‘ra, Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili instituti ta’sis etiladi hamda parlamentning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari – Bola huquqlari bo‘yicha vakili lavozimi tugatiladi. Farmon bilan Bolalar ombudsmani Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senat tomonidan besh yil muddatga saylanishi, bu lavozimga nomzod O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan kiritilishi va Oliy Majlisning palatalari ko‘rib chiqishi tartibi belgilanmoqda. Shuning bilan birga, voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar idoralararo komissiyalari Bolalar masalalari bo‘yicha milliy komissiya sifatida qayta tashkil etiladi.  

Milliy komissiyaning asosiy faoliyat yo‘nalishi etib bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, uning sog‘lom turmush tarzini ta’minlash, bolalarning jismoniy, intelektual, ma’naviy va axloqiy kamol topishiga ko‘maklashish, bolaning ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lishining oldini olish choralarini ko‘rish, bolalar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida davlat dasturlari va boshqa dasturlar ishlab chiqilishini hamda amalga oshirilishini, bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida ko‘rilayotgan choralarni baholash, monitoring qilish va samaradorligini oshirish, tizimli kamchiliklarning sabab va shart-sharoitlarni aniqlash, bolalar o‘rtasida nazoratsizlik va huqubuzarliklar profilaktikasiga oid ma’lumotni to‘plash, saqlash, qayta ishlash, hududiy komissiyalarning bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kabi bir qator muhim vazifalar belgilab berilmoqda.  

Farmonda Milliy komissiya va hududiy komissiyalar vakolatlari doirasiga kiruvchi masalalar yuzasidan faoliyatlarini tashkil etishda tegishli davlat hamda huquqni muhofaza qilish organlari huquqiga egaligi belgilab berildi.  

Muxtasar qilib aytganda, bolalarimizning huquq va manfaatlarini tizimli hal qilishga, voyaga yetmaganlar o‘rtasida sodir etilayotgan jinoyatchilikning keskin kamayishiga va ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni ham ma’naviy, ham iqtisodiy qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiluvchi muhim huquqiy asos yaratildi.  

 Mavjuda Hasanova,  

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bola huquqlarini himoya qilish davlat siyosatining ustuvor vazifasiga aylandi