Bokuda yirik festival bo‘lib o‘tdi
Ozarbayjon poytaxtida avtomobil mavsumining eng hayajonli tadbirlaridan biri hisoblangan “Classics & Supercars”festivali yakunlandi.
Dengiz bo‘yi milliy bog‘ida o‘tkazilgan tadbir mamlakat Avtomobil federatsiyasi tomonidan “Nazar” xolding bilan hamkorlikda tashkil etildi. Ochiq osmon ostidagi ko‘rgazma maydoni bo‘ylab shahar aholisi, sayyohlar va avtomobil ixlosmandlarida alohida qiziqish uyg‘otgan an’anaviy avtomobillar, zamonaviy sport mashinalari va superkarlar namoyish etildi. Ayniqsa 1986-yilgacha ishlab chiqarilgan noyob retro avtomobillar muxlislar e’tiborini tortdi.

Klassik modellar jahon avtomobil sanoati taraqqiyotining turli bosqichlari, muhandislik yutuqlari va o‘tgan asr dizayn xususiyatini yorqin aks ettirgan. Juda ko‘p mashinalar kollektorlar tomonidan puxta ta’mirlangan va saqlangan bo‘lib, festival mehmonlariga tarixning noyob namunalaridan zavqlanish imkonini berdi.
Vintaj avtomobillar bilan bir qatorda, festivalda zamonaviy texnologiya va kuchli dvigatel bilan jihozlangan zamonaviy sport avtomobillari va superkarlar ham namoyish etildi. Tashrif buyuruvchilar avtomobilsozlik sanoati evolyutsiyasi – mumtoz rusumlardan tortib, eng so‘nggi avlod yuqori texnologiyali transport vositalarigacha kuzatdilar.
Tashkilotchilar aytishisa, bu yilgi festivalda professional kollektorlar ham, avtomobil ixlosmandlari ham ishtirok etib, o‘z mashinalarini keng jamoatchilikka taqdim etdi.
G.Sattorova, O‘zA