Rossiya internet foydalanuvchilari uchun yoshni tekshirishni joriy qilishi mumkin
Rossiya Raqamli rivojlanish vazirligi voyaga yetmagan foydalanuvchilarning xavfsizligini oshirish maqsadida onlayn platformalarda yoshni tekshirish mexanizmlarini joriy etishni ko‘rib chiqmoqda.
Vazirlik rahbari Maksut Shadayev so‘zlariga ko‘ra, raqamli tartibga solishning dolzarb sohalaridan biri yoshni tekshirish vositalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn xizmatlarga integratsiyalashdir. Uning ta’kidlashicha, bir qator Yevropa mamlakatlari allaqachon bolalarni onlayn himoya qilish uchun qattiqroq cheklovlarni joriy qilmoqda.
Ekspertlar fikricha, o‘lkada yoshni tekshirish bolalarni noo‘rin kontent va raqamli muhit xavflaridan samaraliroq himoya qilishga hissa qo‘shishi mumkin. Shu bilan birga, ular bunday tizimlarni joriy etish bilan bog‘liq bir qator qiyinchiliklarni aytmoqda.
Bularga shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilishni ta’minlash, ma’lumotlar sizib ketishining oldini olish, infratuzilmani modernizatsiya qilish zarurati va uchinchi tomon hisoblari orqali cheklovlarni chetlab o‘tish xavfi kiradi.
Bundan tashqari, rossiyalik foydalanuvchilar orasida mashhur bo‘lgan ba’zi raqamli platformalar chet elda ro‘yxatdan o‘tgan, bu esa yoshni tekshirishning talablarini amalga oshirishni yanada murakkablashtirishi mumkin.
Soha mutaxassislari ta’kidlashicha, RFda foydalanuvchi yoshini tekshirish tizimini ishlab chiqish va ishga tushirish bir yildan uch yilgacha davom etadi va katta investitsiyalarni talab qiladi.
G.Sattorova, O‘zA