Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi milliy istirohat bog‘i Andijon shahrining janubi-sharqiy qismidagi Bog‘ishamol dahasida joylashgan. Umumiy maydoni 357 gektardan iborat mazkur bog‘ga 1973 yilda asos solingan.

Ana shu yili viloyat ijroiya qo‘mitasi qarori bilan andijonlik mehnatkashlar uchun dam olish maskani tashkil etish maqsadida Andijon shahriga tutash Xakan adirliklaridan 300 gektar yer ajratilib, “Bog‘ishamol” dam olish maskanini barpo etishga kirishildi. Qurilish, obodonlashtirish ishlariga viloyatdagi juda ko‘p tashkilotlar, keng jamoatchilik jalb etildi. Chinor, qayrag‘och, archa va boshqa turli manzarali daraxt ko‘chatlari ekilib, oshxona hamda choyxonalar qurildi. Bir necha yil o‘tib, Bog‘ishamol xalq dam oladigan so‘lim maskanga aylandi.   

1992 yilda ulug‘ bobomiz Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 510 yillik tantanalari munosabati bilan mazkur maskan Bobur nomidagi milliy istirohat bog‘i, deb yuritila boshlagan.   

– Bugungi kunda bog‘ning umumiy maydoni 357 gektarni tashkil etadi, – deydi Bobur nomli xalqaro jamoat fondi raisining o‘rinbosari Rustamjon Mamasoliyev. – Asosan 40-50 yillik daraxtlar bilan qoplangan bog‘ hududida sharqona uslubda qurilgan Ark darvoza, Bobur Mirzo haykali, shoirning ramziy maqbarasi, masjid, “Bobur va jahon madaniyati” muzeyi, o‘ttizdan ziyod zamonaviy attraksion, favvoralar, uzunligi 3,5 kilometr bo‘lgan osma sim yo‘l, restoran, kafe, ko‘plab oshxona va choyxonalar, mehmonxona, kutubxona mavjud. Shuningdek, bog‘da Bobur nomli xalqaro jamoat fondining idorasi ham joylashgan.  

“Bobur va jahon madaniyati” muzeyidan Bobur xalqaro ilmiy ekspeditsiyaning safarlari davomida dunyoning turli hududlaridan olib kelingan temuriylar, boburiylar sulolasining tarixiga oid noyob kitoblar, qo‘lyozmalar hamda turli eksponatlar joy olgan.   

Muzeyning kirish qismiga zarhal harflar bilan Prezidentimizning “Zahiriddin Muhamamad Bobur bizning bobomiz, bizning qonimiz, bolalarimizga g‘urur bilan aytadigan buyuk ajdodimizdir. Mana shunday bizning ajdodlarimiz borligini, ular Andijon farzandi ekanligini hech qaysimiz, hech qachon unutmasligimiz kerak” degan so‘zlari yozib qo‘yilgan.

Asosiy ekspozitsiyalar zali markaziga “Hirot” maketi o‘rnatilgan bo‘lib, uning yoniga Bobur nomli xalqaro ilmiy ekspeditsiyaning safarlari haqidagi ma’lumotlar joylangan.   

Boburning ramziy maqbarasiga esa 1992-1993 yillarda xalqaro ilmiy ekspeditsiya tomonidan Bobur Mirzoning Agra va Qobuldagi qabrlaridan olib kelingan xoki joylangan.   

Bobur nomli xalqaro jamoat fondi O‘zFA Astronomiya instituti bilan hamkorlikda bog‘ning eng baland qismida “Yoshlar dunyosi” deb nomlangan ilmiy-ma’rifiy markaz tashkil etgan. Markazda yoshlarga koinot sirlari haqida ma’lumot beruvchi observatoriya barpo etilgan.   

Bobur milliy bog‘i xalqaro turizm marshrutiga kiritilgan. Boqqa, ayniqsa, bahor, yoz oylarida  uzoq-yaqinlardan minglab sayyoh, ziyoratchi va dam oluvchilar tashrif buyuradi.   

– Bobur bog‘i xushhavo, so‘lim, chiroyli va xushmanzara maskan, – deydi dam oluvchilardan biri, Marhamat tumanidagi 29- umumta’lim maktabining o‘qituvchisi Zarimaxon Abdukarimova. – Ayniqsa, yozning jazirama kunlari bu yerda dam olish kishiga rohat bag‘ishlaydi. Shu bois, oilamiz bilan tez-tez kelib turamiz. Bugun ham o‘g‘illarim, kelin va nabiralarim bilan kelib, xordiq chiqaryapmiz. Bog‘da dam oluvchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan.   

Mutasaddilarning ta’kidlashicha, yoz oylarida bu yerga kuniga 2-4 ming nafarga yaqin yurtdoshlarimiz hamda xorijiy sayyohlar tashrif buyuradi. Sayyohlarning ko‘ngilli dam olishi uchun bog‘da zarur shart-sharoit va qulayliklar yaratilgan. Bundan tashqari, bog‘ning turli maydon va sahnalarida ertadan kechga qadar ko‘ngilochar tadbirlar, konsert dasturlari tashkil etiladi.   

Bog‘da nafaqat O‘zbekistonda, balki dunyoning boshqa mamlakatlarida o‘sadigan turli xil mevali, manzarali daraxtlar, gul va o‘simliklar parvarish qilinadi. Bog‘ hududining katta qismi adirlikdan iborat ekani bois, 2014 yilda Bobur xalqaro jamoat fondi tashabbusi bilan “Zaytun va boshqa subtropik ekinlar yetishtirish ilmiy markazi” tashkil qilinib, suvsizlikka chidamli pista, bodom, yong‘oq ko‘chatlarini yetishtirish hamda xorijiy davlatlardan olib kelingan zaytun daraxti ko‘chatlarini O‘zbekiston iqlimiga moslashtirish borasida ilmiy-amaliy ishlar olib borilmoqda. Hozirga qadar 4 ming tupdan ziyod ko‘chatlar ekilib, pistazor, yong‘oqzor, zaytunzorlar barpo etildi. Shuningdek, keyingi yillarda Andijon davlat universiteti olimlari bilan hamkorlikda bu yerda za’faron, kovrak kabi tibbiyotda keng qo‘llaniladigan o‘simlik ko‘chatlarini yetishtirish ham yo‘lga qo‘yilmoqda.   

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017 yilda Andijon viloyatiga qilgan tashrifi chog‘ida Bobur nomli milliy istirohat bog‘ida bo‘lib, bog‘ni  jahon andozalariga mos, zamonaviy, respublika maqomidagi madaniyat va istirohat bog‘iga aylantirish yuzasidan qator topshiriqlar bergan edi. Ana shu topshiriqlar asosida keyingi yillarda bog‘da keng ko‘lamli bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Jumladan, bog‘ning markaziy xiyoboniga muhtasham masjid va muzey qurildi, ramziy maqbara qayta ta’mirlandi.   

[gallery-18216]

Bog‘ning kirish darvozasi oldiga zamonaviy favvora barpo etildi, yo‘llarga asfalt yotqizilib, bog‘ hududiga  o‘rindiqlar, chiqindilar uchun maxsus qutilar o‘rnatildi.   

Shuningdek, boqqa tashrif buyurayotgan mehmon va ziyoratchilar uchun qulayliklar yaratish maqsadida dam olish maskanining eng yuqori qismida joylashgan “Bog‘i baland”, “Kema” dam olish joylari to‘la ta’mirlandi, osma yo‘lning simlari yangilandi. Endilikda osma yo‘l kabinalarini zamonaviy kabinalarga almashtirish bo‘yicha harakatlar ketmoqda.   

Bog‘ning quyi “Buyuk ipak yo‘li” qismidagi oshxona va savdo rastalari qayta qurilib, zamonaviy ko‘rinishga keltirildi. “Tuyaqamar” qismiga 1,5 gektar maydonga zamonaviy issiqxona barpo etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.   

Bir so‘z bilan aytganda, Andijonning o‘ziga xos ramziga aylangan Bobur nomli milliy istirohat bog‘i bugun nafaqat andijonliklar, balki shahar mehmonlari, sayyohlar ko‘ngilli hordiq chiqaradigan eng so‘lim va gavjum maskanlaridan biri sifatida barchaga manzur bo‘lmoqda.   

Faxriddin Ubaydullayev,

Zuhriddin Umrzoqov (foto), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bog‘i Bobur: Andijonning eng so‘lim maskanlaridan biri