| Y | D | S | CH | P | J | SH |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 |
| 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 |
| 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 |
| 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 |
| 29 | 30 | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 |
Bog‘cha tarbiyalanuvchilari velosportga jalb etiladi

Mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Velosportni rivojlantirishga doir kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Qarorda maktabgacha ta’lim tizimida yosh bolalar uchun velosport bo‘yicha yangi dasturlarni amalga oshirish, bolalar velomarafonini tashkil etish qayd etilgan. Mazkur loyihalarni tadbiq etish uchun Maktabgacha ta’lim, Turizm va sport vazirliklari, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi loyihalarni muvofiqlashtiruvchi ofisi hamda O‘zbekiston velosport federatsiyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumini imzolash ko‘zda tutilgan.
Shu maqsadda tashkil etilgan onlayn yig‘ilishda mazkur masalalar atroflicha muhokama qilindi, deyiladi Turizm va sport vazirligi xabarida.
So‘zga chiqqanlar velosportni yanada ommalashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib, poytaxtimizdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga begovellar beg‘araz tarqatilgani, bu esa navnihollar orasida velosportga qiziqishning ortishiga xizmat qilayotganini aytishdi.
Mazkur ishlar qamrovini yanada kengaytirish maqsadida YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalarni muvofiqlashtiruvchi ofisi tashabbusi bilan yurtimizga ko‘plab begovellar keltirilishi rejalashtirilmoqda.
Ularnining ma’lum qismi joriy yilning noyabr-dekabr oylarida Buxoro shahri yoshlariga tarqatish hamda ushbu jarayonga sayyohlarni jalb etish orqali turizm va sportni ommalashtirishga e’tibor qaratilishi nazarda tutilmoqda.
T. Ro‘ziyev, O‘zA
Muallif: tulqinruziyev




