“Bolalar va qurolli mojarolar” global tashkiloti hisobotiga ko‘ra, 2024 yil oxirigacha urushlarda bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning “misli ko‘rilmagan” darajasi qayd etilgan, og‘ir huquqbuzarliklar soni 2023 yilga nisbatan 25 foiz ko‘paygan.

Hujjatda qayd etilishicha, BMT 41 370 ta jiddiy qoidabuzarlikni tasdiqlagan, shundan 36 221 tasi o‘tgan yil, 5 149 tasi esa avvalroq sodir etilgan. 2023 yil bu raqam 32 990 edi.

Верховный комиссар ООН призvaл прекратить убийстva мирных жителей в Sирии -  Новости Кыргызсtaна

2024yil huquqbuzarlikning eng yuqori darajasi Isroil va Falastin hududida, xususan G‘azoda, shuningdek Kongo Demokratik Respublikasi, Somali, Nigeriya va Gaitida qayd etilgan.

O‘tgan yil Bola huquqi to‘g‘risidagi konvensiya qabul qilinganiga 35 yil to‘ldi. 2025 yil bolalarni qurolli mojarolarga jalb qilishni taqiqlash to‘g‘risidagi Fakultativ protokolning 25 yilligi, shuningdek Xavfsizlik Kengashig 1612-sonli rezolyutsiyasi qabul qilinganiga 20 yil to‘ldi.

Hisobotda keltirilishicha, bolalar bilan bog‘liq vaziyat global miqyosda yomonlashgan bo‘lsa-da, ayrim mamlakatlarda ijobiy tendensiya kuzatilgan. Masalan, ilgari harbiy ziddiyatda ishtirok etgan, ya’ni qo‘lida qurol ushlagan  qariyb 16 500 bola  himoya va reintegratsiyada yordam oldi. 2005 yildan buyon 200 000 dan ko‘p bola ozodlikka chiqarilgan.

ООН сообщает о «шокирующем» росте числа случаев насилия против детей в  условиях конфликta | Новости ООН

– 2024 yil bolalarga nisbatan oldini olish mumkin bo‘lgan zo‘ravonlikning rekord darajasiga duch kelgan ekanmiz, bizda hali insoniyligimizni belgilaydigan tanlov bor: g‘amxo‘rlik qilish yoki yuz o‘girish, – deyilgan hisobotda. – Bolalik urush qurboniga, tinchlik befarqlik badaliga aylanmasligi kerak. Azob-uqubatga barham berish uchun barchamiz shoshilinch va qat’iy harakat qilishimiz kerak. Ertaga kech bo‘lishi mumkin.

S.Rahimov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BMT: Mojarolarda bolalarga nisbatan misli ko‘rilmagan darajada zo‘ravonlik qilinmoqda