“Xalqaro minbar” loyihasida “The Jordan Times” muxbiri, iordaniyalik jurnalist Hani Hazimaning “Birlashgan Millatlar Tashkiloti G‘azoda: Muassasa yaroqsiz holga keldi(mi?)” sarlavhali maqolasi taqdim etiladi.

G‘azoda davom etayotgan urushda 61 000 dan ko‘p falastinlik halok bo‘ldi. Ularning aksariyati ayollar va bolalar. 110 000 dan ortiq odam jarohatlangan, 14 000 dan ziyod inson bedarak yoki o‘lgan, deya taxmin qilinmoqda.

Sektordagi butun-butun mahallalar, kasalxona va maktablar, BMT boshpanalari vayron qilingan. Bunga javoban BMT nima qildi? Bayonotlar e’lon qildi, uchrashuvlar o‘tkazdi, matbuot xabarnomalari chop etdi.

Xalqaro hamjamiyat begunoh aholi muntazam ravishda hujumga uchrayotganiga guvoh. Isroil kuchlari yaralangan bolalar shoshilinch terapiya bo‘limlarida davolanayotgan shifoxonalarni nishonga olmoqda. Jurnalistlar va yordam xodimlari o‘q yomg‘iri ostida qolmoqda. BMT tarkibidagi Falastinlik qochqinlarga yordam va ishlar agentligi (UNRWA) ob’ektlari – maktab, klinika va omborlarga, Isroil tomoni muvofiqlashtiruvchilari ogohlantirilganiga qaramay, ko‘plab zarbalar berilgan. 2023 yil 7 oktyabrdan beri BMTning 180 dan ortiq xodimi hayotdan ko‘z yumdi. Bu tashkilot tarixidagi har qanday mojaroda halok bo‘lgan gumanitar xodimlar eng yuqori sonidan ko‘p.

Xalqaro huquq qo‘pol ravishda buzilishiga qaramay, BMT qat’iy choralar ko‘ra olmayapti, bir izda qotib qolgan. Nega? Sababi, institut geosiyosat garoviga aylangan. Jahonda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashi kerak bo‘lgan Xavfsizlik Kengashi kuch siyosati teatriga aylandi. Isroil harakatini tanqid qilish yoki cheklashga qaratilgan har qanday rezolyutsiyaga Qo‘shma Shtatlar tomonidan darhol veto qo‘yiladi va bu xalqaro huquqni tishsiz qiladi.

Bu nazorat yo‘qolishi emas, balki iroda, tuzilma va maqsad muvaffaqiyatsizligi.

Tajovuzni to‘xtatish uchun ishlab chiqilgan mexanizm buzilgan. AQSH hukumati o‘z veto huquqidan foydalanib, Isroilni nazorat va javobgarlikdan himoya qilyapti, BMT esa sukut saqlayapti.

Ayni payt G‘azodagi 2 milliondan ko‘p falastinlik uchun hayot zanjirining yagona xalqasi – UNRWA

ichkaridan yemirilmoqda. G‘arb davlatlari Isroil bosimi ostida va bir necha xodimga nisbatan isbotlanmagan ayblovga asoslanib, agentlik faoliyatini moliyalashtirishni to‘xtatgan yoki qisqartirgan. Natija-chi? Och qolgan oilalar, sog‘liqni saqlash tizimi qulashi, ta’limdan mahrum bolalar... Bular shunchaki siyosiy qarorlar emas.

Afsuski, allaqachon qamalda qolgan aholi uchun qo‘shimcha fojia. BMT o‘z agentligi va xizmat qilayotgan odamlarini himoya qilish o‘rniga, taslim bo‘layotganga o‘xshaydi.

Bosh kotib Antoniu Guterrish bir necha bor sektorda falokat yuz berishidan ogohlantirgan, biroq bu chaqiriq e’tiborsiz qolgan. U 2023 yil dekabr oyida BMT Nizomi 99-moddasini so‘nggi o‘n yilliklardagi ilk shunday harakat sifatida inqirozga e’tibor qaratish uchun chaqirganda, XK hech qanday chora ko‘rmadi. 150 dan ortiq davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlangan AQSH vetosi sulh rezolyutsiyasiga to‘sqinlik qildi. Xulosa aniq: hatto genotsid ham to‘xtovsiz davom etishi mumkin, agar bir qudratli kuch xohlasa.

Bu axloqiy tanazzulning oqibati juda og‘ir. BMT nafaqat falastinliklarni mag‘lub etmoqda, balki butun dunyo bo‘ylab mazlum xalqlarga xavfli xabar yubormoqda: xalqaro huquq tanlanadi, inson huquqi muhokama qilinadi. Jamoaviy jazo, etnik tozalash va oddiy aholiga hujumga toqat qiladigan dunyo tartibiga qanday e’tiqod qilish mumkin? Jeneva konvensiyalari amalga oshmasa, bunday tuzilmadan nima naf?

BMTga ishonch allaqachon so‘roq ostida qolgan. Achinarlisi, mustamlakachilik va ikki tomonlama standart xotirasi hamon seziladigan Global janub ham BMTning G‘azodagi kuchsizligi noxush ta’sirini his etmoqda. Afrika, Osiyo va Lotin Amerikasi davlatlari hozirgi dunyo tartibi haqiqatan shu mintaqalarni himoya qiladimi yoki faqat bir necha qudratli kuch manfaatini ko‘zlaydimi, degan savolni tobora ko‘proq qo‘ymoqda.

Noxush haqiqatga duch kelish vaqti keldi: BMT faoliyati hozirgi ko‘rinishida maqsadga muvofiq emas. Binolari bombardimon qilinganda, xodimlari o‘ldirilganda va butun aholi haflokat yoqasida turganda harakat qila olmaydigan tuzilma nima uchun kerak? Diplomatik teatrmi bu? Vahshiylik sodir etilganda kuchlilar o‘z qiyofasini jilolaydigan bosqichmi?

Hisob-kitob qilish kerak. Birlashgan Millatlar Tashkiloti yoki BMT Xavfsizlik Kengashi veto huquqini bekor qilishdan boshlab, fundamental islohot amalga oshirish zarur. Yoki tashkilot o‘tgan davr yodgorligiga aylanganini tan olishi lozim. Ikkinchi jahon urushi kulidan “boshqa hech qachon” degan tantanali va’da bilan tug‘ilgan jamoa endi voqealar rivojini ojizgina kuzatmoqda.

Islohot qanday ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin? Bosh Assambleyaga ommaviy vahshiylik holatida XK vetosini bekor qilish vakolatini berish shart. Bu UNRWA kabi gumanitar tashkilotlarni siyosiy manipulyatsiyadan qutqarish, buyuk davlatlar irodasiga bog‘liq bo‘lmagan xalqaro huquq me’yoriga rioya qilishni ta’minlash mexanizmini yaratish demakdir. Eng muhimi, bu hozirgi tuzilma harakatsizlikni rag‘batlantirayotgani, jazosiz qolish va himoya qilish uchun yaratilgan g‘oyalarni barbod qilish tan olinishini anglatadi.

G‘azo xalqi endi ma’ruzaga emas, harakatga, himoyaga, adolatga muhtoj. Bomba portlashda davom etarkan, oilalar ommaviy qabrga dafn qilinarkan, nafaqat odamlar omon qolishi qiyinlashadi, balki xalqaro hamjamiyatning ma’naviy ahamiyati yo‘qola boradi.

Urush jinoyati jonli efirga uzatilayotganda quruq gap bilan bayonot beradigan kuchsiz institut dunyoga kerak emas. Insoniyatga harakat qila oladigan, qonunni ijro eta oladigan va muhtojlarni himoya qiladigan tuzilmalar kerak.

G‘azoda biz nafaqat insonparvarlik tuyg‘usi, balki dunyo tartibi ma’naviy asosi ham yemirilishiga ham guvoh bo‘lyapmiz. Agar BMT yetarli jasorat topa olmasa, tinchlik va adolat posboni sifatida emas, balki xunrezlik guvohi sifatida esda qoladi.

Muharrama Pirmatova tayyorladi. O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BMT G‘azoda: Tashkilot yaroqsiz holga keldi(mi?)