🏆JCH-2026⚽
Özbek
Ўзбек
Русский
English
French
German
Arabic
Қазақ
Spanish
Chinese
Sönggi yangiliklar

Bloomberg: xakerlar Apple qurilmasining maxfiy chizmasini o‘g‘irlashdi

Bloomberg: xakerlar Apple qurilmasining maxfiy chizmasini o‘g‘irlashdi
Jahon
Tanlaş
13:09 / 22.04.2021

REvil xakerlar guruhi, (Sodinokibi, deb ham ataladi) Apple kompaniyasining eng yangi mahsuloti chizmasini o‘g‘irlaganini e’lon qildi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar bermoqda.

Tijorat siri hisoblangan ma’lumotlar Apple kompaniyasining asosiy pudratchisi hisoblangan Tayvanning Quanta Computer kompaniyasi tarmog‘i buzib kirilgandan keyin qo‘lga kiritilgan. Xakerlarning ta’kidlashicha, ushbu ma’lumotlar qurilmaning raqami va texnik tasnifidan iborat bo‘lgan.

Bloomberg bergan ma’lumotga ko‘ra, xakerlar kodni ochish kalitini qaytarib berish uchun 50 million dollar so‘ragan.  

Xabarda ta’kidlanishicha, xakerlar nafaqat chizmalarni o‘g‘irlagan, balki Quanta Computer tarmog‘idagi ma’lumotlarni kodlab ham qo‘ygan.

Hozircha Apple vaziyatga munosabat bildirmayapti, Quanta Computer esa muammoni hal qilish ustida ish olib borayotganini ma’lum qilgan. Sodinokibi xakerlari muhlatni 1 maygacha belgilagani aytilmoqda.

Muallif: saidmurodrahimov