Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston-Turkiya ishbilarmonlari uyushmasi “UTID” bilan hamkorlikda “Biz birgamiz!” ijtimoiy loyihasi doirasida navbatdagi an’anaviy xayriya tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish instituti I va II bolalar bo‘limida davolanayotgan bolalar va ularning yaqinlari ishtirokida o‘tkazildi.

Mazkur tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad bolalarning baxtli bolalikka ega bo‘lishlari uchun yaratilayotgan sharoitlardan foydalanish huquqini bolajonlarning yaqinlariga tushuntirishdan iboratdir.

Tadbir davomida bo‘limda davolanayotgan bolajonlarning yaqinlariga qonunchilikda bola huquqlarini himoya qilish va ularga yaratilayotgan sharoitlar bo‘yicha vazirlik xodimlari tomonidan tushuntirish berildi.

Ushbu bo‘limlarda davolanayotgan bemor bolalar va ularning oila a’zolari uchun zarur gigiyena vositalari, kiyim-kechak, tayyor oziq-ovqat vositalari hamda kundalik ehtiyoj buyumlaridan iborat bo‘lgan sovg‘alar to‘plamlari tuhfa etildi. 

Shuningdek, mazkur bo‘limda kam ta’minlangan oila farzandlari va yetim bolalar holidan ham xabar olindi. 

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Biz birgamiz!” ijtimoiy loyihasi bolalarga shodlik ulashdi