Bitiruvçi va iş beruvçi – bir manzilda
Urganç şahrida Xorazm viloyati prokuraturasi, viloyat kasbiy taʼlim boşqarmasi va tegişli taşkilotlar hamkorligida kasbiy taʼlim muassasalari bitiruvçilarining bandligini taʼminlaş, ularni mehnat bozori talablariga mos ravişda işga joylaştiriş hamda iş beruvçilar bilan uçraştiriş maqsadida “Karera kuni –2026” mehnat yarmarkasi taşkil etildi.
Ayni damda viloyatdagi 42 ta texnikumda 120 dan ortiq kasb va mutaxassisliklar böyiça yoşlar kasb-hunarga örgatilmoqda.
Taşkil etilgan yarmarkada viloyatdagi barça texnikumlar özlarining taʼlim yönalişlari, tayyorlanayotgan mutaxassisliklari, amaliy işlari hamda öquvçilar tomonidan yaratilgan mahsulotlardan iborat körgazmalar bilan iştirok etdi.

Tadbirda sözga çiqqan viloyat prokurorining örinbosari X.Norqabilov yoşlar bandligini taʼminlaşda kasbiy taʼlim muassasalari, iş beruvçilar va mutasaddi taşkilotlar hamkorligining ahamiyatiga alohida töxtalib, bitiruvçilarni nafaqat kasbga örgatiş, balki ularning öz mutaxassisligi böyiça munosib iş örniga ega bölişi uçun hamkorlikda iş olib boriş zarurligini taʼkidladi.

Mehnat yarmarkasida yirik iş beruvçi taşkilotlar rahbarlari, tadbirkorlar va korxona vakillari iştirok etib, bitiruvçilarga mavjud böş iş örinlari, işga qabul qiliş şartlari va amaliyot imkoniyatlari haqida maʼlumot berdilar.
Yoşlar esa özlari qiziqqan yönalişlar böyiça iş beruvçilar bilan bevosita muloqot qiliş, kasbiy mahoratini namoyon etiş va kelgusidagi mehnat faoliyati uçun muhim kelişuvlarga erişiş imkoniyatiga ega böldilar.
Ahmadjon Şokirov,
ÖzA muxbiri