Joriy yil 24–25 may kunlari Qirg‘izistonning Cho‘pon-Ota shahrida Markaziy Osiyo energetiklarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan edi.

Kecha, 2022 yil 26 may kuni Bishkek shahrida O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston energetika tashkilotlarining mintaqadagi suv va energetika muammolariga bag‘ishlangan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv kun tartibidan asosan elektr energetikada 2022 yil melioratsiya (sug‘orish) mavsumidagi dolzarb masalalar va istiqboldagi rejalar o‘rin olgan. Uchrashuv tashabbuskori Qirg‘iziston Energetika vazirligi bo‘lib, unda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi D.Isaqulov hamda boshqa mutaxassislar ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamiz: 2021 yil noyabr oyida Bishkekda o‘tgan Markaziy Osiyo energetiklari yig‘ilishida ham mintaqadagi suv muammosiga oid energetika masalalari muhokama etilgan edi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bishkekda mintaqadagi suv va energetika muammolari muhokama etildi