Bugungi kunda ko‘plab fuqarolarimiz o‘z maqsad va rejalari yo‘lida banklardan kredit olib, foydalanmoqda. Ammo keyingi vaqtlarda firibgarlik yo‘li bilan fuqarolar xabarisiz kredit mablag‘larini ularning nomiga rasmiylashtirish va mazkur kredit mablag‘larini o‘zlashtirish holatlari ortib bormoqda.

Bu kabi holatlar, o‘z navbatida, fuqarolar tomonidan ixtiyoriy ravishda kredit olishdan voz kechish mexanizmini joriy etishni taqozo qilmoqda. Shu maqsadda ishlab chiqilgan kredit sohasidagi munosabatlarni yanada takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi Qonunchilik palatasining bugungi majlisida birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.  

Mazkur loyiha bo‘yicha Markaziy bank raisi o‘rinbosari Abrorxo‘ja Turdaliyev ma’lumot berdi.  

Ta’kidlanganidek, qonun loyihasi bilan jismoniy shaxs o‘zining ishtirokisiz yoki xabarisiz kredit bitimini rasmiylashtirish bilan bog‘liq firibgarliklarning oldini olish maqsadida kredit byurosiga ariza kiritish orqali u bilan kredit bitimini tuzishni taqiqlashi mumkin bo‘ladi.  

Mazkur loyihaning qabul qilinishi firibgarlik yo‘li bilan fuqarolarning xabarisiz kreditlarni ularning nomiga rasmiylashtirish va mazkur kreditlarni o‘zlashtirish holatlarining oldini olishga, shuningdek, kredit byurolari faoliyatini tartibga solishni takomillashtirishga xizmat qiladi.  

Muhtarama Komilova,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Birovning nomiga kredit rasmiylashtirish kabi firibgarliklarning oldi olinadi