Soliq qo‘mitasining ma’lum qilishicha, 2024 yilda O‘zbekistonda taksi bozorini legallashtirish yo‘lida muhim bosqich bo‘ldi.
Soliq qo‘mitasi ushbu sohadagi shaffoflikni ta’minlab, agregatorlar integratsiyasi orqali qonuniy aylanmaning o‘sishiga va yashirin faoliyat ulushining kamayishiga erishgan.
O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, 155 ta taksi agregatori soliq organlari axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan.
O‘tgan yili aprelda 6 ta, avgustda 142 ta edi. Jami 320 mln. marta yo‘lovchi tashish amalga oshirilgan.
Yo‘lovchi tashish aylanmasi 5,9 trln. so‘mga yetdi. Shundan, 4,5 trln. so‘m yoki 76,3 foiz naqd to‘lovlar, 1,4 trln. so‘m yoki 23,7 foiz naqdsiz to‘lovlarni tashkil etadi.
O‘rtacha bitta chek 18 ming 456 so‘mni tashkil etgan.
Agregatorlar orqali yo‘lovchi tashish bilan 498 mingga yaqin o‘zini o‘zi band qilgan haydovchilar shug‘ullanmoqda. Haydovchilarning yarmidan ko‘pi (57 foiz) 30-50 yoshda – 283 680 kishi, 30 yoshgacha – 179 245 kishi (36 foiz), 50 yoshdan kattalar – 35 004 kishi (7 Foiz).
Shundan ayol haydovchilar soni deyarli 4 barobarga oshgan: o‘tgan yil boshida 1 053 nafar, yil oxiriga kelib 4 124 nafar ayol faoliyat yuritmoqda.
Yil davomida taksi xizmatini ko‘rsatgan 4,7 mingga yaqin haydovchi 100 mln. so‘mdan ortiq daromad olgan.
50-100 mln. so‘m – 23,1 ming haydovchi, 10-50 mln. so‘m – 114,6 ming haydovchi, 5-10 mln. so‘m – 63,5 ming haydovchi, 1-5 mln. so‘m – 136,4 ming haydovchi, 1 mln. so‘mgacha – 155,5 ming haydovchi.
Agregatorlar 2024 yilda 156,8 mlrd. so‘m soliq shundan, QQS 66,2 mlrd. so‘m to‘ladi.
Sh.Mamaturopova, O‘zA