O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida Oliy Majlis Senati Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining kengaytirilgan majlisi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva, senatorlar, tegishli vazirliklar, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va boshqa qator tashkilotlar mas’ullari, Yoshlar parlamenti a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus tor doirada qolib ketmasdan, barcha hududlardagi mahalla va oilalarga kirib borishi lozimligi, tashabbuslar ijrosiga keng jamoatchilikni jalb qilish kerakligi ta’kidlandi.

Majlisda mas’ul vazirlik va idoralar tomonidan 5 ta muhim tashabbus doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berildi.

Qayd etilishicha, birinchi tashabbus – yoshlarning musiqa, rassomchilik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish doirasida yurtimizdagi mavjud 800 dan ortiq madaniyat markazlarida 4 ming 522 ta to‘garak faoliyati yo‘lga qo‘yilib, ularga 1 ming 762 ta musiqa jihozi yetkazib berilgan. Umumta’lim maktablarida tashkil etilgan 36 ming 503 ta to‘garakka qariyb 1 million 100 ming o‘g‘il-qizlar qamrab olingan.

Ikkinchi tashabbus – yoshlarni jismoniy chiniqtirish va sport sohasidagi qobiliyatlarini namoyon etishi uchun zarur sharoitlar yaratib berish doirasida umumta’lim maktablarida 7 ming 64 sport to‘garagi tashkil etilgan. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan 7 ming 151 to‘garak faoliyati yo‘lga qo‘yilib, mazkur yo‘nalishga 24,8 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan.

Uchinchi tashabbus – aholi va yoshlar orasida kompyuter texnologiyalari va internetdan foydalanishni tashkil etish doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 52 ta raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochilgan. Umumta’lim maktablaridagi kompyuter sinfxonalari soni 14 ming 940 ta. Axborot texnologiyalari yo‘nalishida tashkil etilgan 14 ming 972 ta to‘garakka 510 ming 340 nafar o‘quvchi qamrab olingan.

To‘rtinchi tashabbus – aholi, ayniqsa, yoshlar madaniyatini yuksaltirish, ular orasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish masalasida ham qator ishlar amalga oshirilgan. bugungi kunda mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan 201 ta axborot-kutubxona markazidagi jami kitoblar soni 16 million 319 ming 587 tani tashkil qiladi. Ushbu axborot-kutubxonalar a’zolari soni 1 million 196 ming 233 nafardan iborat. 2020 yilda kutubxonalarga 150 ming 724 ta kitob yetkazib berilgan.

Beshinchi tashabbus – xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash doirasida ham e’tiborga loyiq chora-tadbirlar amalga oshirilgan. bugungi kunda yurtimizda 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan xotin-qizlar soni 3 million 596 ming 406 nafarni tashkil qiladi. Joriy yilda 76 ming 198 yosh xotin-qiz ish bilan ta’minlangan, 15 ming 935 nafari kasb-hunarga o‘qitilgan. Mazkur maqsadlar uchun 76,2 milliard so‘m sarflangan. Yana 30 ming 451 nafar xotin-qiz kasb-hunarga o‘qitilishi belgilangan.

Prezidentimizning joriy yil 30 oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida ommaviy sportni rivojlantirish bo‘yicha oilalar, sinflar, mehnat jamoalari va hududlar o‘rtasida sport musobaqalarini muntazam ravishda o‘tkazish, har bir tuman (shahar)da turli sport tanlovlarini tashkil etish, barcha davlat organlari va tashkilotlarida rahbar va xodimlarning jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishini ta’minlash, shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslarga ham sport bilan shug‘ullanishlari uchun sharoit yaratish belgilab berildi.

Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida tuman, shahar va mahallalarda jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish infrastrukturasi shakllantiriladi. Xususan, 9 ming 146 ta mahallada 18 ming 292 ta jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport maydonchasi, 204 tuman (shaharda) salomatlik va velosiped yo‘laklari bunyod etiladi.

Tadbirda besh tashabbus doirasida kelgusi yilda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan vazifalar belgilandi.

Gulnoza BOBOEVA,

O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Beshta muhim tashabbus doirasida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi