Bugungi kunda yoshlarning e’tiborsiz qolishi juda katta muammo bo‘lib, uning yechimi davlat, fuqarolik jamiyati, xususiy sektor, qo‘yingki, barchaning birgalikda harakat qilishini talab etadi. Birgina koronavirus pandemiyasi paytida bir necha oyga maktablar yopilganda ta’lim sifati bilan birga, yoshlar o‘rtasida sotsiallashuv, ijtimoiy birdamlik darajasi keskin pasayib ketgani, gadjetlarga mukkasidan ketish singari salbiy holatlar bunga yaqqol misol bo‘ladi.

Shuningdek, raqamli texnologiyalar asrida yoshlarning kamharakat bo‘lib qolishi, hamma narsaga hafsalasizlik, dunyoqarashning torayishi, bazaviy bilimlarning (hard skills) bo‘shligi singari muammolar global darajaga chiqmoqda.

Xo‘sh, bizda bu borada holat qanday? Nima ishlar qilinyapti?

Mamlakatimizda yoshlar siyosati doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar orasida eng katta shuhrat qozongani “mahalla-sektor-tuman-hudud-respublika” darajasida o‘tkazilayotgan 5 bosqichli “Besh tashabbus olimpiadasi”ni aytish mumkin.  

 Birgina 2023 yil mazkur tadbirlarda 11,9 million nafar yoshlar ishtirok etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 61 foizga o‘sgan. Nomidan ko‘rinib turganidek, ushbu olimpiada 5 ta yo‘nalishda o‘tkaziladi. Loyiha yoshlarga keng yo‘l ochmoqda. Axir, oddiy mahalladagi tanlovdan chiqib, o‘z iste’dodini ko‘rsatib, Italiyaga 10 kunlik safarga borib kelish imkoniyati doim ham bo‘lavermaydi.

 Toshkent shahar Yashnobod tumanida tug‘ilgan, an’anaviy ijrochilik yo‘nalishi g‘olibasi Sevinch Jovliyeva va Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida tug‘ilgan, an’anaviy ijrochilik yo‘nalishi g‘olibi Xushnud Solijonov shunday yoshlardan. Eng muhimi, bunday tanlovlarni zamonaviy tarzda tashkillashtirish, yoshlarni qiziqtira olish kerak. 

Prezident sovg‘asi – “Spark” avtomobillari qo‘yiladigan “Yosh kitobxon” tanlovi allaqachon xalq og‘ziga tushdi, qanchadan-qancha qobiliyat egalarini kashf etdi. Ushbu tanlov uch yosh toifasi (10-14, 15-19 va 20-30 yosh)da bo‘lib o‘tib, 2023 yilda yoshlar qamrovi soni 805 ming nafarni tashkil qilgan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 25,7 foizga ko‘p deganidir.

Yoshlarning ko‘ngliga yo‘l topish uchun kerak bo‘lsa ularning “tilida so‘zlashish” zarur. “Besh tashabbus” loyihasining mazkur yo‘nalishi aytish mumkinki, yoshlar orasida eng katta qiziqish uyg‘otgan yo‘nalishlardandir. Buni olimpiada doirasidagi kibersport turnirida ham ko‘rdik. Musobaqaning “Counter-Strike” turidan respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Bobur mahallasi yoshlar jamoasi a’zolari Artyom Kim, Ruslan Gizatov, Amirbek Timurov, Daniyel Shafikov va Abdurahim Abdukarimov O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari qatoriga kiritilib, “Counter-Strike: Global Offensive” kompyuter o‘yini bo‘yicha “IESF Osiyo chempionati-2023” grand finali g‘olibligini qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, ushbu yoshlar jamoasi yaqinda Ruminiyada bo‘lib o‘tgan “WORLD CHAMPIONSHIPS-2023” turnirida yarim finalga qadar yetib bordi. “Besh tashabbus olimpiadasi”ning ikkinchi mavsumi joriy yilning sentyabr-dekabr oylarida o‘tkazish rejalashtirilgan.

Bugungi kunga qadar mazkur tadbir doirasida o‘tkaziladigan 14 ta tanlov va musobaqalarda ishtirok etish uchun 5tashabbus.uz sayti orqali jami 7 million nafardan ortiq yoshlar ro‘yxatdan o‘tgan. Raqamlar olimpiadaning yoshlar hayotiga naqadar keng kirib borganini yaqqol ko‘rsatib turipti.

Bu mavsumda an’anaviy tanlovlardan tashqari shaxmat, shashka, stol tennisi, yengil atletika, quvnoq startlar, futbol, voleybol sport musobaqalari, QVZ (Quvnoqlar va zukkolar), “Zakovat” intellektual o‘yinlari tashkil etiladi. Hozirgi kunda “Besh tashabbus olimpiadasi”ning mahalla, maktab va fakultet bosqichlari bo‘lib o‘tmoqda.

Yoshlarning bekor bo‘lib qolishi, vaqtini mazmunli tashkil qilmaslik nafaqat ularning o‘ziga, balki jinoyatchilik, yomon illatlarga va g‘oyalarga ergashish, axloqiy buzilish singari oqibatlar ko‘rinishida butun jamiyatga salbiy ta’sir qiladi.

Mamlakat iqtisodiy rivojiga juda katta to‘siq bo‘luvchi ishsizlik muammosining asl ildizi ham aynan yoshlik yillarini behuda o‘tkazgan avlodning ulg‘ayib kelishiga bog‘liq ekanligi bir qancha tadqiqotlarda isbotlangan. Albatta, bunda ularning o‘zinigina ayblash noto‘g‘ri. Bu yerda ota-onalar, jamiyat, davlat ham aybdor bo‘ladi. Shu boisdan masalaga e’tiborsizlik bilan qarashga mutlaqo haqqimiz yo‘q. 

Bularning barchasi oliy maqsad – jamiyatimizda bilimli, sog‘lom, mehnatsevar yoshlar, ishbilarmon tadbirkorlar, mehribon ota-onalar va faol fuqarolar avlodini shakllantirishga xizmat qiladi. 

“Besh tashabbus olimpiadasi”ning vazifalari esa aniq: birinchidan, yoshlarni madaniyat va san’at yo‘nalishidagi iste’dodlarini yuzaga chiqarish. Ikkinchidan, yoshlarni sog‘lom turmush tarziga rioya qilishiga va jimonan sog‘lom bo‘lishiga o‘rgatish, shuningdek, professional bosqichga sportchilarni seleksiya qilib berish. Uchinchidan, yoshlarni zamonaviy axborot texnologiyalari yo‘nalishidagi bilimlarini oshirish. To‘rtinchidan, esa yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini va ularning ijodkorligini oshirish. 

Gulnoza Boboyeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Besh tashabbus olimpiadasi” yoshlarni qiziqtira oldimi?