Yurtimiz Buyuk ipak yo‘lining markazida joylashgan bo‘lib, qadim zamonlardan buyon butun dunyo sayyohlari e’tiborini o‘ziga tortib kelgan. Shu sabab mamlakatimizda turistlar oqimi har oyda salmoqli oshib bormoqda.

Ular asosan sayohat, xizmat yuzasidan, o‘qish, davolanish va qarindoshlarini yo‘qlash maqsadida tashrif buyurishmoqda.

Xususan, Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–avgust oylarida jami 5,2 million nafar xorij fuqarolari qarindoshlarini yo‘qlash uchun O‘zbekistonga tashrif buyurgan.  

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 1,2 million nafarga yoki 28,9 foizga oshgan.

Mazkur davrda O‘zbekistonga eng ko‘p qarindoshlarini yo‘qlash uchun kelgan TOP-15 davlat fuqarolari e’lon qilindi. Jumladan, Qirg‘iz Respublikasidan 1,8 million, Qozog‘istondan 1,5 million, Tojikistondan 1,4 million, Rossiyadan 353,7 ming, Turkiyadan 30 ming, Turkmanistondan 15,8 ming, Xitoydan 4,4 ming, Ozarbayjondan 4,1 ming nafar fuqaro kelgan.

Shuningdek, Ukraina, Belarus, Koreya, Germaniya, Isroil, AQSH, Buyuk Britaniya va boshqa davlatlardan ham yurtimizga qarindoshlarini yo‘qlab kelayotgan fuqarolar talaygina.

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Besh milliondan ziyod xorij fuqarolari qarindoshlarini yo‘qlash uchun O‘zbekistonga tashrif buyurgan