Bektemirda tadbirkorlarning tashabbus va muammolari muhokama qilindi
Bektemir tumanidagi Abay mahallasida tadbirkorlar va fuqarolar bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda “Biznesni rivojlantirish banki” boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Sh.Yusupov, Toshkent shahar prokurori vazifasini vaqtincha bajaruvchi A.Urmanov, tuman hokimi N.Abdurahmanov va boshqa mas’ullar ishtirok etdi.
Muloqot davomida tumanda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar va aholini qiynayotgan muammolar, yangi tashabbuslar hamda takliflar muhokama qilindi. Xususan, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish, imtiyozli kreditlardan foydalanish, yangi loyihalarni boshlash, bandlikni ta’minlash va daromad manbalarini ko‘paytirishga oid murojaatlar bildirildi.

Jumladan, “RWS OPTIMUM” MCHJ rahbari qum-shag‘al aralashmasini xomashyo sifatida olish masalasida murojaat qildi. “CHILON LUBRICANTS” MCHJ rahbari esa tog‘-kon sanoatida portlovchi moddalar ishlab chiqarishni tartibga soluvchi qonunchilikka o‘zgartirish kiritish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi.

Barcha murojaat va takliflar mas’ullar tomonidan batafsil o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi. Bu kabi uchrashuvlar aholi va biznes vakillarini qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlarini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bank axborot xizmati
Reklama huquqi asosida