Biznes-ombudsman – EUROUZ: özaro hamkorlik mexanizmlarini kengaytirişga kelişib olindi
Poytaxtimizda Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Biznes-ombudsman Abdumannop Böriyev hamda Yevropa–Özbekiston iqtisodiy hamkorlik assotsiatsiyasi – EUROUZ boş kotibi Atabek Alimjonov bilan uçraşuv bölib ötdi.
Özbekiston va Yevropa işbilarmon doiralari örtasidagi aloqalarni mustahkamlaş, davlat va biznes örtasidagi hamkorlik mexanizmlarini rivojlantiriş maqsadida taşkil etilgan учрашувning asosiy mavzusi biznes hamjamiyati va davlat institutlari örtasida samarali muloqot mexanizmlarini rivojlantiriş böldi.
Jumladan, EUROUZning Yevropa işbilarmon doiralari bilan aloqalari, tadbirkorlarning fikr va takliflarini umumlaştiriş borasidagi tajribasi hamda uşbu imkoniyatlardan Özbekistonda işbilarmonlik muhitini yanada yaxşilaş yölida foydalaniş istiqbollari xususida söz yuritildi.

Uçraşuvda xalqaro biznes uyuşmalari bilan tajriba almaşiş, tadbirkorlikka oid tizimli masalalarni birgalikda örganiş va amaliy takliflar işlab çiqiş imkoniyatlariga qiziqiş bildirildi. Kelgusida EUROUZning biznes muloqotlari va ekspertlik taşabbuslari doirasida aloqalarni davom ettiriş masalalari ham muhokama qilindi.
Gulnoza Boboyeva,
ÖzA