Bayroq haqida saboq tabiat qöynida ötkazildi
Surxondaryo viloyati Termiz şahridagi 14-sonli davlat maktabgaça taʼlim taşkilotida Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilingan kunga bağişlangan maşğulot tabiat qöynida taşkil etildi.
Vatanga muhabbat va davlat ramzlariga hurmat tuyğularini bolalikdan şakllantirişda tarbiyaviy maşğulotlar muhim örin tutadi. Şu maqsadda taşkilot pedagoglari tarbiyalanuvçilarga bayroğimiz haqidagi dastlabki tuşunçalarni oçiq havodagi sayr davomida berdi.
[gallery-32577]
Tarbiyaçilar bolajonlarga davlat bayroğidagi ranglar, yarim oy va yulduzlar haqida ularning yoşiga mos, sodda va tuşunarli tarzda sözlab berdi. Davlat ramzlarini eʼzozlaş, ularga hurmat bilan munosabatda böliş zarurligi tuşuntirildi.
Maşğulot davomida bolalar atrofdagi tabiatni kuzatib, tengdoşlari bilan birgalikda sayr qildi, bayroğimiz haqidagi bilimlarini boyitdi. Sayr va suhbatning uyğunligi ularning maşğulotga qiziqişini oşirdi.
Bunday saboqlar kiçkintoylarning Vatan haqidagi ilk tasavvurlarini kengaytiriş, qalbida yurtga mehr va milliy ğurur tuyğularini kamol toptirişga xizmat qiladi.
Jonibek QÖZIMURODOV (surat), ÖzA