Prezident tashrifidan so‘ng...

Suv resurslaridan oqilona foydalanish va qishloq xo‘jaligida samaradorlikni oshirish bugungi kunda dunyo miqyosida eng dolzarb masalalardan biriga aylandi. 

Iqlim o‘zgarishi, yer resurslarining cheklangani va aholi sonining ortishi sharoitida suv hamda energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish har bir mamlakatning iqtisodiy taraqqiyoti, oziq-ovqat xavfsizligi hamda aholi turmush darajasi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. O‘zbekistonda ham ana shunday islohotlar izchil yo‘lga qo‘yilmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 16 sentyabr kuni Namangan viloyatiga tashrifi chog‘ida Chortoq tumanida davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilingan suv nasos stansiyasi faoliyati bilan tanishgan edi. Prezident tashrifidan so‘ng biz ham ushbu stansiya ishi bilan yaqindan tanishdik.

Katta Namangan magistral kanalida joylashgan “Ayqiron-1” nasos stansiyasida mahalliy ishlab chiqarilgan energiya tejamkor agregat va zamonaviy uskunalar o‘rnatilgan. Ilgari bu yerda har yili taxminan 6 million kVt/soat elektr energiyasi sarflanar edi. Yangilangan tizim esa yiliga 40 foizgacha elektr energiyasini iqtisod qilish imkonini bermoqda. Buning ahamiyati shundaki, faqat bir stansiyaning o‘zidagi bunday iqtisodiy samara ko‘p yillik xarajatlarni tejab, investitsiyalarni tezroq qoplashga zamin yaratadi.

Energiya tejamkorligi bilan birga, yangi nasoslarning suv chiqarish quvvati ham yuqori. Bu esa yer maydonlarini sug‘orish ko‘lamini kengaytirib, qishloq xo‘jaligida hosildorlikni oshirishga xizmat qiladi. Xususan, suvdan samarali foydalanish orqali fermerlar xarajatlari kamayadi, mahsulot tannarxi pasayadi va bozorda raqobatbardoshlik kuchayadi. 

Hozirgi kunda viloyatda ikki yuzdan ortiq nasos stansiyasi mavjud. Ulardan 43 tasi “Nammotors suv ta’minot” korxonasi tomonidan davlat-xususiy sheriklik asosida o‘n yil muddatga boshqaruvga olingan. Bu jarayonga 40 milliard so‘mlik investitsiya yo‘naltirilgan bo‘lib, agregatlarning milliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan tayyorlanayotgani sanoat tarmoqlarini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va import xarajatlarini qisqartirish imkonini bermoqda.

– Davlatimiz rahbari ikki yil ichida “Ayqiron-1” tajribasi asosida viloyatdagi barcha nasos stansiyalarini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha topshiriq berdi, – deydi “Nammotors suv ta’minot” korxonasi rahbari Sobir Bekmirzayev – Shu bilan birga, Namanganda yo‘lga qo‘yilgan bu tajribani mamlakatning boshqa hududlarida ham bosqichma-bosqich amalga oshirish zarurligi ta’kidlandi. Kelgusida 750 dan ziyod fermer xo‘jaliklariga quyosh panellari orqali ishlaydigan kichik nasoslar hamda tomchilatib sug‘orish tizimlarini joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu nafaqat energiya xarajatlarini kamaytiradi, balki suv resurslaridan tejamli foydalanish orqali hosildorlikni oshiradi. 

Prezidentimiz texnologiyalarni yangilashning o‘zi yetarli emasligi, ulardan to‘g‘ri va samarali foydalanish ham muhim ahamiyatga egaligiga e’tibor qaratdi. Ilm asosida tashkil etilgan boshqaruv tizimi modernizatsiyaning iqtisodiy samarasini yuksaltiradi. Bu qishloq xo‘jaligida mahsulot hosildorligini oshiradi va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, tomchilatib sug‘orish usuli qishloq xo‘jaligida suv sarfini ikki barobargacha kamaytiradi va hosildorlikni 40-50 foizga ko‘paytirishi mumkin. Masalan, Hindistonda nasos stansiyalariga quyosh panellari o‘rnatilishi yillik elektr xarajatlarini milliardlab dollarga kamaytirgan, Ispaniyada esa davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilgan modernizatsiya natijasida fermerlarning daromadi o‘rtacha 20-25 foizga oshgan. Bunday tajriba shuni ko‘rsatadiki, energiya tejamkor texnologiyalar joriy etilishi har gektar yerdan olinadigan hosildorlikni keskin oshiradi.

E’tiborlisi, yaqin istiqbolda “Ayqiron-1” tajribasi asosida viloyatdagi barcha nasos stansiyalari yangi bosqichga olib chiqiladi. Shu bilan birga, Namanganda yo‘lga qo‘yilgan bu tajriba mamlakatning boshqa hududlarida ham bosqichma-bosqich amalga oshirilishi ko‘zda tutilmoqda.

O‘zbekistonda bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan islohotlar qishloq xo‘jaligidagi samaradorlikni oshirish, fermerlar daromadini ko‘paytirish va eng asosiysi, suv resurslarini kelajak avlodlar uchun asrab qolishning uzoq muddatli poydevori bo‘lib xizmat qiladi. 

Ikrom AVVALBOEV, 

Rustam NAZARMATOV(surat),

 O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Barcha hududlardagi eski suv nasos stansiyalari modernizatsiya qilinishi lozim