Bahraynda o‘tkazilayotgan III Osiyo yoshlar o‘yinlarining navbatdagi kun bellashuvlarida hamyurtlarimiz boks, muay-tay, og‘ir atletika, taekvondo WT, kibersport, voleybol, yengil atletika, futzal, ot sporti va velosport bahslarida ishtirok etadi.

Shuni ta’kidlab o‘tishimiz lozimki, kuni kecha O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari 3 ta oltin, 1 ta kumush va 7 ta bronza medallarini jamg‘ardi.

Aniqroq aytadigan bo‘lsak, Avaz Anvarov (MMA, -50 kg.), Ahadjon Muhtorov (taekvondo WT, -73 kg.) va Rushanaxon Ravshanova (taekvondo WT, -55 kg.) oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Ibrohim Botirov (MMA, -55 kg.) kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Shuningdek, Kamronbek Qodirov (MMA, -65 kg.), Abdulboriy Abdug‘afurov (MMA, -70 kg.), Shodiyona Rahmonova (yengil atletika, 400 metrga to‘siqlar osha), Abdurahmon Mamajonov (yengil atletika, uzunlikka sakrash), Doston Abduvaliyev (muay-tay, -45 kg., U15), Shahruz Davronov (muay-tay, -45 kg., U15) va Jasmina Ochilova (muay-tay, -45 kg., U15) kabi sportchilarimiz shohsupaning uchinchi o‘rnidan joy oldi.

Ayni paytda delegatsiyamizning hisobida 9 tadan oltin va bronza, 4 ta kumush medallari bor.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Bahrayn-2025”da O‘zbekiston delegatsiyasi muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda