Bahrayn mamlakati mezbonlik qilayotgan yoshlar o‘rtasidagi III Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kuni bellashuvlari yakuniga ko‘ra, delegatsiyamiz hisobidagi medallar soni 6 ta oltin, 3 ta kumush va 4 ta bronzaga yetdi.

Kechagi bellashuvlarda to‘siqlar osha 2 ming metr masofaga yugurishda Nasimaxon Mamirova kumush medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, Kamronbek Qodirov (-65 kg) va  Abdulboriy Abdug‘ofurov (-70 kg) MMA sport turida bronza medal bilan taqdirlandi.

Shuningdek, boks bo‘yicha o‘tgan saralash bellashuvlarida  Asadbek Sultonboyev hindistonlik Raxulni, Nazokat Mardonova yaponiyalik Ito Runani, Abdug‘ani Yorqinjonov Janubiy Koreya vakili Leye Changvukni o‘z vazn toifalarida mag‘lubiyatga uchratdi.

Voleybolchi yigitlarimiz Mo‘g‘uliston termasini 3-1 hisobida yengib, nimchorak finalga chiqdi va ushbu bosqichda Indoneziya terma jamoasi bilan raqobatlashadigan bo‘ldi.  

III Osiyo o‘yinlarining bugun, 25 oktyabr kungi dasturida sportchilarimiz 8 ta yo‘nalishda bahslarga kirishadi.

Ma’lumot o‘rnida: hozirda O‘zbekiston delegatsiyasi 6 ta oltin, 3 ta kumush va 4 ta bronza medal bilan umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinda bormoqda. Xitoy delegatsiyasi 13 ta oltin, 13 ta kumush va 5 ta bronza medal bilan birinchi, tailandlik sportchilar 7 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza jamg‘arib, ikkinchi o‘rindan joy olgan.  

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Bahrayn-2025”: O‘zbekiston delegatsiyasi medallari 13 taga yetdi