Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan “Baholash nazariyasi: asosiy tushunchalar, tamoyillar, qonuniyatlar” mavzusida onlayn vebinar oʻtkaziladi.

Unda baholash nazariyasi – testologiya, pedagogik oʻlchovlar, asosiy tushunchalar, baholash maqsadlari, test turlari, validlik va ishonchlilik tushunchalari, testni yaratish bosqichlari haqida soʻz bordi.

Shuningdek, test spetsifikatsiyalarini ishlab chiqish, oʻlchanadigan domen va konstruktlarni aniqlash, klassik test nazariyasi (Classical Test Theory) va “savol-javob” nazariyasi (Item-Response Theory), test topshiriqlarining statistik tahlili, testning ishonchliligini hisoblashga boʻlgan yondashuvlar, baholashning standart xatosi (SEM) va uning test natijalari talqiniga taʼsiri toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.

– Taʼlim jarayonining samaradorligi uning uch komponenti – taʼlimiy maqsadlar, oʻqitish usullari va baholashning oʻzaro hamjihatlikda ishlashiga bogʻliq, – deydi TEAM Universiteti Taʼlim sifatini nazorat qilish boʻlimi boshligʻi, “Baholash nazariyasi asoslari” metodik qoʻllanmasi muallifi Komil Jalilov. – Taʼlim oluvchilarning bilim, koʻnikma, malaka va kompetensiyalarini baholashda tanlanadigan pedagogik oʻlchov vositalarining validligi ularning fanga boʻlgan ishtiyoqiga kuchli taʼsir qiluvchi va pirovardida taʼlim sifatini belgilovchi asosiy omillardan biridir.

Tadbirda taʼlim sifatini baholash boʻyicha faoliyat yuritayotgan tizim xodimlari, xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik koʻrishga yoʻnaltirilgan 348 ta tayanch maktab rahbarlari, trener-oʻqituvchilari uchun toʻliq maʼlumotlar va yoʻnalishlar berildi.

– Taʼlimning turli bosqichlarida taʼlim muassasalari va vakolatli davlat organlari tomonidan oʻtkaziladigan test natijalarining muhim qarorlar qabul qilishda asos sifatida ishlatilishi jarayonni ilmiy asoslarda tashkil qila oladigan mutaxassislar – testologlarga boʻlgan ehtiyojni oshiradi,– deydi Xalq taʼlimi vazirligi boshqarma boshligʻi oʻrinbosari Dilshoda Norboyeva. – Bu bugungi kunda mazkur sohada kadrlar tayyorlash, faoliyat yuritayotgan xodimlarining malakasini oshirish muhim vazifa ekanini anglatadi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Baholash nazariyasi, asosiy tushunchalar, tamoyillar, qonuniyatlar muhokama qilindi