Butunjahon boks ittifoqi (WBC) iyul oyi uchun yangilangan reytingni e’lon qildi. Ushbu reytingdan mamlakatimizning 8 nafar bokschisi joy oldi.

Jadvalning birinchi yarim yengil vaznda (55,3 kg) Murodjon Ahmadaliyev o‘tgan oy kabi to‘rtinchi, birinchi o‘ta yengil vazn (47,6 kg) toifasida jang o‘tkazadigan Hasanboy Do‘smatov esa 5-o‘rinda qolgan bo‘lsa, super og‘ir vaznda Bahodir Jalolov 9-pog‘onaga ko‘tarildi.   

Shuningdek, super o‘rta vazn toifasida (76,2 kg) Bektemir Meliqo‘ziyev 14, yarim o‘rta vaznda (66,6 kg) Shahram G‘iyosov 8, Jahongir Rasulov 27, birinchi yarim yengil vaznda (55,3 kg) Mirazizbek Mirzaxalilov 28, yengil vaznda (50,82 kg) Olimjon Nazarov 34-pog‘onadan joy oldi.   

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bahodir Jalolov WBC reytingida ko‘tarildi