Bahodir Jalolov izdoshlari katta hayotga kuzatildi
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ikki yil muqaddam faoliyatini boshlagan Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabida 2025-2026 o‘quv yilini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga diplom hamda trenerlik sertifikatlari topshirildi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri Adham Ikromov, Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Qosimov, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shokirova, O‘zbekiston boks federatsiyasi birinchi o‘rinbosari Saken Polatov hamda ikki karra jahon chempioni Bahodir Jalolov ishtirok etib, bitiruvchilarni samimiy muborakbod etdi. Ularning kelgusi faoliyatlariga omadlar tiladi.

Aytish lozim, davlatimiz rahbarining 2024-yildagi tegishli farmoni asosida tashkil etilgan mazkur maktabda bugungi kunda saralangan 161 nafar o‘quvchi-sportchi tahsil olib kelmoqda.

Ular Bahodir Jalolov maktabida boksning sir-asrorlarini o‘rganish bilan birga malakali o‘qituvchilardan ta’lim standartlariga muvofiq tahsil olmoqda. Zamonaviy kasbiy bilimlarini boyitmoqda. Xalqaro musobaqalarda ishtirok etib, g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarilmoqda.
T. Ro‘ziyev, O‘zA