Bahodir Jalolov Olimp cho‘qqisiga yaqinlashmoqda
Fransiya poytaxti Parij shahrida o‘tayotgan XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlarining boks musobaqalarida Bahodir Jalolov chorak final bosqichida ringga ko‘tarildi.
Vazni 92 kilogrammdan ortiq bo‘lgan erkaklar o‘rtasidagi bahslarda mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Bahodir avstraliyalik Teremoana bilan kuch sinashdi.
Keskin va murosasiz bahsda bokschimiz metin himoya va aniq zarbalar evaziga ushbu jangda g‘alaba qozondi.
Shu tariqa, yarim finalga yo‘l olgan B.Jalolov 7 avgust kuni germaniyalik Tiafak bilan kuch sinashadi. Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, Bahodir Jalolov hozirda medal naqd qildi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA