Singapurda badiiy gimnastika bo‘yicha 20 ta davlat sportchilari ishtirokida o‘tayotgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston o‘smirlar va kattalar terma jamoasi ikki kunlik bahslar sarhisobiga ko‘ra, 1-o‘rinni egalladi.

Joriy yil avgust oyida Braziliyada tashkil etiladigan jahon chempionatiga saralash vazifasini o‘tagan Osiyo chempionatining ortda qolgan kunida O‘zbekiston gimnastikachilari 4 oltin, 1 kumush va 1 bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Taxmina Ikromova, Anastasiya Saranseva, Natalya Usova, Mumtoza Ishoqzoda, Irodaxon Sodiqova, Evelina Atalyanc, Amaliya Mamedova, Adelya Fayzulina, Maftuna Zairovadan iborat kattalar terma jamoasi O‘zbekiston sportchilarining mahoratini namoyish etgan bo‘lsa, Viktoriya Nikiforova, Sofiya Usova, Alana Hafizova, Milana Safina, Kristina Shin, Jasmin Yaxlakova, Yosina Jo‘rayeva, Zamira Xvalchevadan iborat o‘smir gimnastikachilarimiz yakkalik va guruh musobaqalarida sovrinli o‘rinlarga egalik qildi.

Chempionatning alohida dasturlarida mahoratli sportchimiz Taxmina Ikromova va o‘smirlar jamoasi guruh mashqlarida oltin medallarga sazovor bo‘lgani, Anastasiya Saranseva yakkalikda kumush medal bilan taqdirlangani jahon chempionati uchun muhim ballarni jamg‘arishiga zamin yaratdi.

Bugun, 18 may chempionatning hal qiluvchi kuni bo‘lib, unda gimnastikachi qizlarimiz qator dasturlarda kuch va mahoratini sinovdan o‘tkazadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Badiiy gimnastikachilarimiz Singapurda jahon chempionati yo‘llanmalariga da’vogarlik qilmoqda