Surxondaryo viloyat bojxona boshqarmasi, DXX Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari va Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari “Ayritom” chegara bojxona postining kirish avtopaviloniga kirib kelgan yuk avtotransport vositasini belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazdi.

Ko‘zdan kechirish chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi boshqaruvidagi avtotransport vositasi kabinasining yashirin joyida 7 o‘ramda sariq rangli skoch bilan o‘ralgan shubhali narsa borligi ma’lum bo‘ldi. Ular ochilib, maxsus elektron tarozida o‘lchab ko‘rilganida 3 ta o‘ramda 3 kilogramm og‘irlikdagi “opiy” va 4 ta o‘ramda 4 kilogramm 950 gramm og‘irlikdagi “gashish”  giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.  

– Giyohvandlik vositalari kontrabandasining oldini olish va unga chek qo‘yish uchun bojxona organlari xodimlari o‘z burchlarini sergaklik bilan bajarmoqda, – deydi viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmati rahbari Shoxro‘z O‘ralov. – Buning natijasida voha hududiga turli “zahri qotil” moddalar kirib kelishining oldi olinib, tegishli chora ko‘rilmoqda. Qo‘shni davlat bilan chegaradagi bojxona postida yuz bergan mazkur holat ham bunga yaqqol dalildir.  

Ayni paytda holat yuzasidan tergovga qadar dastlabki tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.  

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Ayritom”da qariyb 8 kilogramm giyohvand modda ushlab qolindi