Avto aksessuarlar savdosi ortidagi firibgarlik foş etildi
Ijtimoiy tarmoqlar orqali avtomobillar uçun ehtiyot qismlar va aksessuarlar sotişni vaʼda qilib, fuqarolarning pullarini özlaştirgan şaxs qölga olindi.
Dastlabki aniqlangan maʼlumotlarga köra, u 11 ta firibgarlik holatiga aloqador bölib, jabrlanuvçilarga jami 10 million 645 ming söm moddiy zarar yetkazgan.
Maʼlum bölişiça, Toşkent viloyatining Nurafşon şahrida yaşovçi fuqaro Instagram ijtimoiy tarmoği orqali avtomobil uçun qöşimça ehtiyot qismlari sotişni taklif qilgan şaxs bilan tanişgan. Mahsulotni xarid qiliş maqsadida u Telegram orqali yuborilgan bank kartasiga 1 million 940 ming söm ötkazgan. Biroq pul ötkazilganidan söng buyurtma egasi vaʼda qilingan mahsulotni yetkazib bermagan.
Mazkur holat yuzasidan murojaat asosida Toşkent viloyati Içki işlar boş boşqarmasi Kiberjinoyatlarga qarşi kuraşiş boşqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbirlar ötkazildi. Natijada uşbu firibgarlik harakatlari 2008-yilda Sirdaryo viloyatida tuğilgan şaxs tomonidan sodir etilganligi aniqlandi.
Tergovga qadar suriştiruv davomida maʼlum bölişiça, u Instagram va Telegram ijtimoiy tarmoqlarida «Avto aksessuar 999» nomli soxta akkaunt oçib, turli kanal va guruhlarda avtomobillar uçun ehtiyot qismlar hamda aksessuarlarni arzon narxlarda sotiş haqida eʼlonlar joylaştirib kelgan.
Bundan taşqari, xaridorlarni jalb qiliş uçun «Hammasi 60 ming söm», «Hammasi skidkada», «Hammasi 80 mingdan» kabi jozibador nomlar ostida Telegram kanal va guruhlarga oçib, ulardan ham firibgarlik yölida foydalangan. Qiziqiş bildirgan fuqarolardan mahsulot uçun oldindan tölov talab qilib, pullarni bank kartalariga ötkazdirib olgan. Biroq buyurtmalarni yetkazib beriş vaʼdasi bajarilmagan. Şuningdek, aloqa uçun bir neçta tanişlari nomiga rasmiylaştirilgan telefon raqamlaridan foydalangani ham aniqlangan. Qayd etilişiça, mazkur şaxs muqaddam ham Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi uçinçi qismida nazarda tutilgan firibgarlik jinoyatining bir neça bandlari bilan sudlangan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv va dastlabki tergov harakatlari davomida uning iştirokida sodir etilgan 11 ta firibgarlik holati foş etildi. Uşbu holatlar oqibatida jabrlanuvçilarga yetkazilgan moddiy zarar miqdori 10 million 645 ming sömni taşkil etgan.
Mazkur voqea ijtimoiy tarmoqlar orqali savdo qilişda ehtiyotkorlikni unutmaslik zarurligini yana bir bor körsatmoqda. Huquqni muhofaza qiluvçi organlar fuqarolarni notaniş şaxslarga oldindan pul ötkazişdan avval sotuvçining işonçliligini tekşirişga, şubhali akkauntlar va jozibador takliflarga aldanmaslikka çaqirmoqda.
Hamroz Bayonov, ÖzA